Rio–2016. Murodjon Ahmadaliyev O‘zbekistonga bronza medalini taqdim qildi!

Rio–2016. Murodjon Ahmadaliyev O‘zbekistonga bronza medalini taqdim qildi!
Rio–2016. Murodjon Ahmadaliev O‘zbekistonga bronza medalini taqdim qildi!

Rio–2016 Olimpiada o‘yinlari boks musobaqasining -56 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev yarim finalda kubalik bokschiga qarshi bahs olib bordi. Bu haqda "Darakchi.uz" xabar berdi.

Afsuski, mazkur jangda vatandoshimizga omad kulib boqmadi va u uch raund yakuniga ko‘ra imkoniyatni boy berdi. Shunday bo‘lsa-da, Ahmadaliev O‘zbekiston terma jamoasiga hisob bo‘yicha beshinchi bronza medalini taqdim qildi.

Bronza medalini rasman taqdirlash marosimi ushbu vazndagi barcha janglar yakuniga yetganida bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar