Osiyo Kubogidagi ishtirokini davom ettirayotgan milliy terma jamoamiz nimchorak finalda Tailand to‘sig‘idan o‘tdi va endi chorak finala mezbon Qatarga qarshi maydonga tushadi. O‘zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoyev Tailand bilan bo‘lib o‘tgan bahs va oldinda turgan Qatarga qarshi o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Tailand bilan o‘yin haqida
“Avvalambor, O‘zbekiston xalqini bu g‘alaba bilan tabriklamoqchiman. Bilasizmi, nafaqat futbolda, umuman hayotda shunday maqol bor: g‘oliblar muhokama qilinmaydi. Albatta, biz maqom va tarkib jihatidan ham Tailanddan ustun edik. Faqat bu ustunlikni amalda bajarish kerak edi. Qiyinchiliklarga qaramasdan, safimizdagi ketma-ket yo‘qotishlar, ayniqsa, Shomurodov, Sergeyev, o‘yin oldidan Shukurovning o‘ynamasligi...Bu boshqalar uchun oddiy hol bo‘lishi mumkin. Lekin terma jamoamiz uchun katta yo‘qotishlar bo‘lsa-da, murabbiy qo‘l ostidagi futbolchilar bilan ushbu g‘alabaga erishdi. Bu yerda menimcha boshqa izohga hojat yo‘q. Bunday holatlarda faqat natija muhim bo‘ladi”.
Musobaqa mezboniga qarshi o‘yin murakkabmi?
“To‘g‘ri, musobaqa mezboniga qarshi o‘ynash muxlislar jihatidan qiyinroq bo‘ladi. Ammo tanganing ikkinchi tarafi ham bor. Xuddi shunday qiyinchilik Qatar terma jamoasida ham bo‘ladi. Ular o‘z muxlislari oldida xato qilishga haqqimiz yo‘q, degan fikrda maydonga tushishadi. Bu biroz bo‘lsa-da, jamoaga bosimni tug‘diradi. Ochig‘ini aytadigan bo‘lsak, bu uchrashuvda imkoniyatlarni 50x50 baholaymiz. Har bir xatoning qiymati katta bo‘lgan o‘yinlarda biror jamoada yaqqol ustunlikni ayta olmaymiz. Shuning bilan birgalikda ishonchim komilki, bu o‘yinda futbolchilarimiz g‘alaba qozonishadi. Chunki o‘yinchilarimizni o‘zlariga ishonchi jamoaviy o‘yin ko‘rsatayotganliklari nuqtayi nazaridan biz yutamiz, degan umiddaman”.
Qatarni kuchli va kuchsiz jihatlari nimada?
“Bu biz bilgan oldingi Qatar terma jamoasi emas. Qaysi jihatdanki, futbolchilarning terma jamoa o‘yiniga nisbatan o‘z oldiga qo‘yilgan talablari boshqacha. Ko‘p yillar davomida biz bilgan Qatar futbolchilari shunday o‘yin ko‘rsatishardiki, o‘xshasa o‘xshadi, o‘xshamasa yutqazish imkoniyati hammada bor, degan tushuncha bo‘lardi. Ammo hozirgi Qatar har bir uchrashuvda har qanday qiyinchilikka bardosh bera olyapti va g‘alaba qozonishga erishyapti. Hattoki, Falastin bilan uchrashuvda mag‘lubiyatga uchrayotib, o‘zlariga bo‘lgan ishonch sababli yutib ketishdi. Ha, hakamlarning ba’zi-bir xatolari ham yo‘q emas. Bunda mezbon faktori ham rol o‘ynashi turgan gap. Menimcha, terma jamoadagi o‘zgarishlardan so‘ng o‘yinchilarining o‘zlariga bo‘lgan talablari yuqori nuqtada. Har bir jamoani bo‘sh nuqtalari bo‘ladi. Bu narsani murabbiylar o‘rganib chiqishadi. O‘ylashimcha, Qatar qo‘rqadigan gigant jamoa emas. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, bu raqibni yengish bizning futbolchilarni qo‘lidan keladi, degan umiddaman va bunga ishonaman”.
Jarohatlar to‘g‘risida
“Albatta, jarohatlar futbolning ajralmas qismi. Bunga juda ko‘plab faktorlar sabab bo‘ladi. Futbolchilarimiz dekabr oyida ham maydonga tushishib, yanvar oyida ikkinchi bir muhim musobaqaga kelishlari albatta oson emas. Yodingizda bo‘lsa, o‘tgan yili Qatardagi jahon chempionatida ham aksariyat terma jamoalar ham xuddi shunday muammoga duch kelishgan. Bu aynan bir mavsum tugab, ikkinchi musobaqaning ketma-ket ulanib ketishi menimcha, bu fiziologik jihat bilan bog‘liq. U professional bo‘ladimi yoki noprofessional bo‘ladimi, baribir insonni fiziologik jihati bilan bog‘liq. Organizm uchun o‘zining belgilangan yuklamalari bo‘ladi, belgilangan tartibda dam olish kerak. Menimcha, ko‘proq shu narsalar bilan bog‘liq”.
Shuhratbek Jo‘rayev.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”