Rio–2016. O‘zbekiston vakilasi Svetlana Radzivil balandlikka sakrashda final bosqichiga chiqdi

Rio–2016 Olimpiadasining yengil atletika dasturiga kiruvchi balandlikka sakrash bahslarining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi, deb yozmoqda "Darakchi" nashri.
Mazkur bellashuvlarda hamyurtlarimizdan Svetlana Radzivil va Nadiya Dusanova ishtirok etishdi. Svetlana saralashdan o‘tish uchun kerak bo‘lgan 1,94 metrlik balandlikni zabt etdi va final bosqichiga yo‘llanma oldi.
Afsuski, Nadiya Dusanova kerakli bo‘lgan balandlikdan sakray olmadi va to‘rt yillikning eng nufuzli turniridagi yurishini to‘xtatdi.
Ma’lumot uchun, balandlikka sakrash bahslarining final bosqichi 21-avgust kuni bo‘lib o‘tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing