Foto: Google Images
Ukraina 2024 yilda G‘arb davlatlaridan yordam yetkazib berish sekinlashgani sababli 1 millionta dron ishlab chiqarish niyatida, deb yozadi The Wall Street Journal (WSJ). Ular butun mamlakat bo‘ylab kichik ustaxonalarda yig‘iladi.
“Iqtisodiyotimiz bilan biz tanklar ishlab chiqara olmaymiz. Bizning yechimimiz – dronlarni ishlab chiqarish. Eng katta muammo – Xitoydan ehtiyot qismlarni olib, Ukrainaga yetkazib berish”, — dedi Sparrow Avia FPV dron zavodlaridan biri rahbari Nikolay Gavrilyuk.
Ukrainaning raqamli transformatsiyalar vaziri Mixail Fedorov hukumat bunday tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlashga, ular uchun soliqlarni kamaytirishga va import bojlarini bekor qilishga tayyorligini ma’lum qildi, deb yozadi WSJ. Gazetaning qayd etishicha, kichik ishlab chiqarish korxonalari ularning joylashuvini sir saqlash imkonini beradi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘tgan yil oxirida 2024 yilda kamida bir million dona dron ishlab chiqarish maqsadini e’lon qilgan edi. Bu 2022 yilga nisbatan qariyb 100 barobar ko‘p, deb yozadi WSJ. Hozirda Ukrainada 62 xil turdagi dronlar ishlab chiqarilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi