O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatar mezbonlik qilgan Osiyo kubogidagi ishtirokini yakunlanadi. Srechko Katanes shogirdlari chorak finalda Osiyo kubogining amaldagi sohibi va bu galgi musobaqa mezboniga penaltilar seriyasida yutqazib qo‘ydi.
Umuman olganda, terma jamoamiz musobaqadan oldin va turnir davomida tarkib borasida yuzaga kelgan muammolarga qaramay, ancha ishonchli o‘yin ko‘rsatdi.
Bu galgi qit’a chempionatida terma jamoamiz tarkibida o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsata olgan futbolchilar bo‘lganini ta’kidlash lozim. Xususan, Abbosbek Fayzullayev, Azizbek Turg‘unboyev, Diyor Xolmatov, Abduqodir Husanovning o‘yinlari aksariyat muxlisu mutaxassislarga manzur bo‘ldi.
Qatar maydonlarida Abbosbek Fayzullayev yetakchilik qobiliyatini namoyish qila olgani tahsinga loyiq. Qit’aning eng nufuzli musobaqasida ilk bor qatnashgan 20 yoshli hujumkor futbolchi ikkita gol va bitta assist qayd etdi, terma jamoamiz o‘yiniga ijobiy ta’sir o‘tkazdi.
Fayzullayevning mahoratini yaxshi bilan ispaniyalik murabbiy Anxel Lopes Yevropaning mashhur nashri – Marca gazetasiga Abbos haqida ma’lumot berdi.
Marca Ispaniya bosma matbuotida eng o‘qimishli gazeta hisoblanadi. Nashrning 2 million 300 ming nafardan ziyod o‘quvchisi bor. Shuningdek, gazeta saytini 3 million 115 ming nafardan ortiq muxlis muntazam kuzatib boradi. Har ikki ko‘rsatkich bo‘yicha ham Marca yetakchi ommaviy axborot vositasi hisoblanadi.
Anxel Lopes murabbiy sifatida Ispaniyadan tashqari Ruminiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy, Kipr va Gretsiyada ishlagan. Bu mutaxassis 2022 yili “Surxon” jamoasi bosh murabbiyi bo‘lib ishlagan. Yurtimizdagi faoliyati orqali o‘zbek futboli bilan yaxshi tanish.
Marca nashri Osiyo kubogi munosabati bilan Abbosbek Fayzullayev va o‘zbek futboli haqida maqola e’lon qildi.
O‘zbekiston haqida gap ketganida Buyuk ipak yo‘li asosiy etalon sifatida gavdalanadi. Biroq bu mamlakat futbolda ham nom qozonmoqda. Eng mashhur o‘yinchi – “Roma”dan “Kalyari”ga ijaraga berilgan Eldor Shomurodov jarohat tufayli Osiyo kubogini o‘tkazib yubordi.
“Oq bo‘rilar” musobaqada Abbosbek Fayzullayevga ishonch bildirdi. Kichik jussali – bo‘yi 167 santimetr bo‘lgan Moskvaning SSKA klubi hujumkor o‘yinchisi bir yil oldin 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat terma jamoani Osiyo chempioniga aylantirandi. Bunaqasi mamlakat tarixida ilk bor yuz berdi.
O‘sha musobaqaning eng foydali o‘yinchisi keyinchalik “Paxtakor”dan SSKAga ko‘chib o‘tdi. 500 ming yevroga transfer qilingan futbolchi Rossiya Premer-ligasida haqiqiy sensatsiya bo‘ldi va jami 18 ta uchrashuvda ikkita gol va to‘qqizta assist muallifiga aylandi.
Abbosbek Osiyo kubogida ham jamoani ortidan ergashtira oldi. Guruh bosqichida Hindistonga gol urdi, nimchorak finalda Tailand darvozasini ishg‘ol qilib, o‘zbeklarni chorak finalga olib chiqdi.
1992 yili Yevropa Chempionlar kubogi finalida “Barsellna” bilan o‘ynagan afsonaviy “Sampdoriya”ning mohir o‘yinchisi bo‘lgan Srechko Katanes o‘z qo‘lida hali ishlov berilmagan “olmos”ni saqlab turibdi. Uni Anxel Lopes yaxshi biladi.
Hozir Gretsiyaning “Volos” jamoasini boshqarayotgan ispaniyalik murabbiy “Surxon”da ishlagan kezlari Abbosbek Fayzullayev bilan uchrashgan.
- "Men uni juda yaxshi eslayman, chunki “Paxtakor”ga qarshi o‘tkazilgan o‘sha bahsda biz 2:2 hisobida durangga erishganmiz va Abbos bizga gol urgan. Uning zo‘r sifatlari bor. Fayzullayevning zarbasi zo‘r, o‘yinni yaxshi o‘qiydi, maydonni yaxshi ko‘ra oladi", - deydi Anxel Lopes.
Anxel Lopes faqatgina Fayzullayevning texnikasiga bilan cheklanmay, o‘zbek futboli xususiyatlarini ham gapirdi.
- "O‘zbek futbolchilari juda raqobatbardosh. Osiyoning boshqa mamlakatlaridan farqli ravishda ularning mentaliteti Lotin Amerikasinikiga o‘xshaydi. Ularda futbolga ishtiyoq baland: gol uradi va kurashaveradi. Ana shu ma’noda Abbosbek Fayzullayev ham eng kuchli talablar va bosimlarni yengib o‘ta oladi. U “Paxtakor”da tarbiyalangan, bu jamoa o‘zbeklarning “Real Madrid”i. Abbos bolaligidan xalqaro musobaqalarda o‘ynash va har bir bahsda g‘olib chiqishga ko‘nikib qolgan", - deydi Anxel Lopes.
Ispaniyalik murabbiy Fayzullayevning SSKAdagi faoliyatini ham maqtadi.
- "Fayzullayev ancha mashhur ligaga ko‘chib o‘tdi va u yerda juda yaxshi saviyada o‘ynayapti. Agar adashmasam, yangiliklarda uni kamida uch marotaba oyning eng yaxshi o‘yinchi sifatida e’lon qilishdi. Men Abbosning salohiyati kuchli ligalarga sakrab o‘tishi uchun yetarli, deb hisoblayman. Balki Ispaniyaga kelar, nega endi bu yerda o‘ynamasligi kerak?", - dedi Anxel Lopes.
Nufuzli manba – Marca nashri o‘zbek futboli salohiyati bilan yaxshi tanish bo‘lgan ispaniyalik murabbiy Anxel Lopesning Ispaniya matbuotiga bergan ana shunday ma’lumotlari bilan maqolaga yakun yasadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi