Qozog‘iston Premer-ligasida o‘tgan mavsumni chempion sifatida yakunlagan “Ordabasi” klubi o‘zbekistonlik legioner Bobur Abduxoliqov bilan xayrlashgani rasman tasdiqlandi.
26 yoshli forvard o‘zi tarbiyalangan Qarshining “Nasaf” klubiga qaytdi va faoliyatini O‘zbekistonda davom ettirishga qaror qildi.
Qozog‘iston terma jamoasi sobiq futbolchisi Pavel Yevteyev legioner hujumchining ketishi Chimkent klubi uchun katta yo‘qotish ekanini ta’kidladi.
— Har holda klubni tark etib, uyiga qaytib, qadrdon O‘zbekiston chempionatiga yo‘l olish futbolchining o‘zining istagi bo‘lsa kerak. Ha, Boburning ketgani – yo‘qotish.
Lekin “Ordabasi” bu o‘yinchiga munosib o‘rinbosar topa oladi va eng yuqori maqsadlarga erishishda davom etadi, deb o‘ylayman.
Ta’kidlash joizki, o‘tgan mavsumda “Ordabasi”ning Qozog‘iston chempionligini qo‘lga kiritishi uchun Abduxoliqovning xizmati juda katta bo‘ldi, - dedi Pavel Yevteyev.
Bobur Abduxoliqov “Ordabasi” safiga 2023 yilning fevral oyida qo‘shilgan edi. Tarkibini sezilarli darajada kuchaytirgan chimkentliklar o‘tgan mavsum chempionlik uchun kurashdi va o‘z maqsadiga yetdi.
Legionerimiz chempionlik mavsumida Qozog‘iston Premer-ligasida 26 ta uchrashuvning barchasida ishtirok etgan futbolchi bo‘ldi, raqiblar darvozasini yetti marotaba ishg‘ol qilib, jamoadoshlariga to‘rtta golli pas berdi.
Shuningdek, Abduxoliqov Qozog‘iston kubogida 7 ta uchrashuvda bitta gol urdi. Mamlakat Superkubogida ham o‘ynadi.
UYEFA Konferensiyalar ligasining saralash musobaqasida Polshaning “Legiya” jamoasiga qarshi ikkita uchrashuvda ishtirok etdi.
Bobur Abduxoliqov faoliyatining katta qismini “Nasaf”da o‘tkazgan. Besh yil davomida Qarshi shahri klubida to‘p tepgan futbolchi 2021 yilning boshida legioner maqomini olgandi. O‘shanda Abduxoliqov Ukrainaning “Rux” klubi safiga qo‘shildi. Biroq Lvov shahri jamoasini boshqarayotgan murabbiylar shtabi o‘zbek legionerini biror marotaba asosiy tarkibga jalb qilmadi. Ma’lum muddat yoshlar jamoasida to‘p tepgan Abduxoliqov shartnomani bekor qilishga majbur bo‘ldi.
Bir necha oy ishsiz yurgan iste’dodli hujumchi 2021 yilning yozida Belarus chempionati vakili “Energetik-BGU” jamoasiga o‘tdi. Bu jamoada Bobur haqiqiy to‘purarlik mahoratini ko‘rsatdi. Chempionatning 30 ta uchrashuvida raqiblar darvozasini 26 marotaba ishg‘ol qilib, liga to‘purari bo‘ldi.
Abdxoliqov Belarus chempionatida bir necha rekordlarni o‘rnatdi, ligada eng ko‘p gol urgan xorijlik futbolchiga aylandi, oliy liganing eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etildi.
Belarusdagi muvaffaqiyatli mavsumdan keyin Abduxoliqovning Yevropaning kuchliroq ligalaridan biriga o‘tishi kutilgandi. Bir necha klublardan qiziqish ham bo‘lgandi. Biroq hujumchi “Ordabasi”ni tanlagan edi.
Mana, Bobur Abduxliqovning legionerlik faoliyati uch yil deganda o‘z nihoyasiga yetdi. Endi tajribali hujumchi “Nasaf” jamoasiga yordam beradi.
Abduxoliqov klublar miqyosida jami barcha turnirlarda 217 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga 87 ta gol va 16 ta assist rasmiylashtirgan. O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 13 ta o‘yinda raqiblar darvozasini ikki marta ishg‘ol qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi