
Sport telekanali sharhlovchisi Otabek Jo‘rayev telegramda post qoldirdi.
"Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh! So‘nggi chorak finaldan deyarli ikki kun o‘tdi. Stress qo‘yib yubordi, hissiyotlar joyiga tushdi. Endi ishtirokimiz haqida o‘z fikrlarim bilan o‘rtoqlashsam bo‘ladi.
Ammo, bundan oldin menga eng muhim bo‘lgan narsaga e’tiborimni qaratmoqchiman. O‘sha o‘yindagi penaltini nazarda tutmoqdaman.
Avvalambor (!) men musulmonman. Alhamdulillah. Musulmon bo‘lib bu dunyoni tark etish nasib etsin. Amin. Va shu joyda men noto‘g‘ri ish qildim. Ehtimol, biror insonni, birodarimning dilini og‘ritdim.
Zafarmurod bilan aloqaga chiqdim. Uzr so‘radim. Masala yopildi. Qiyomatga qolmadi. Alhamdulillah. Mana endi o‘zimni yaxshi his qilmoqdaman.
Fursatdan foydalanib birodarlarimga, dindoshlarimga murojaat qilmoqchiman. Shayton bizni har kuni, har daqiqa, har soniya vasvasa qiladi. To‘g‘ri yo‘ldan adashmaylik. Bir-birimizga yordam beraylik va qo‘llab-quvvatlaylik. Zafarmurodni, qolganlarni ham podderjka qilaylik
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh", - deb yozadi Otabek Jo‘rayev telegramdagi o‘z kanalida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar