Qatardagi Osiyo chempionatida yuqori darajada o‘ynab, O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi yetakchisi sifatida o‘zini ko‘rsata olgan Abbosbek Fayzullayevga Yevropaning kuchli ligalari jamoalaridan qiziqish bo‘lishi kutilayotgan edi.
Taniqli futbol agenti Anton Smirnov o‘zbek futbolchisi yoshlar terma jamoasida o‘ynagan davrdan buyon “Bavariya” nishonida ekanini va Myunxen klubi skautlari Fayzullayevga hozir ham qiziqish bildirib, uni kuzatishayotganini o‘z ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qildi.
Bu masalaga Abbosbek Fayzullayev atrofidagi mutaxassislar ham o‘z munosabatini bildirmoqda. Xususan, bir necha o‘zbekistonlik charm to‘p ustalari manfaatini himo qilayotgan ProSports Management kompaniyasining Osiyo futboli bo‘yicha loyihalariga rahbarlik qilayotgan taniqli mutaxassis Qahhor Mo‘minov Fayzullayevning agenti sifatida bu masalaga oydinlik kiritdi.
- Abbosbek Fayzullayevni ko‘p klublarning skautlari kuzatib boryapti, unga ko‘pchilik qiziqish bildiryapti. Hozircha, “Bavariya”ning qiziqishi haqida bizga hech narsa ma’lum emas.
Ayni paytda eng muhimi – biroz hordiq chiqarib, mavsumga puxta tayyorlanish uchun SSKA safiga qaytish kerak, - dedi Qahhor Mo‘minov.
Abbosbek Fayzullayevning birinchi murabbiyi Dmitriy An ham shogirdiga “Bavariya”ning qiziqish bildirayotgani haqidagi xabarlar bo‘yicha o‘z fikrlarini aytdi.
- Yevropa klublarining seleksiya bo‘limlari vakillari Abbosbek Fayzullayevga e’tibor qaratishayotgani haqidagi xabarlar meni juda xursand qiladi. Tushunishimcha, Fayzullayevni O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga ham jalb qilishadi. Bu o‘zini ko‘rsatishi uchun yana bir imkoniyat.
Hozir SSKA Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda, Abbos jamoaga qachon borib qo‘shilishini bilmayman.
“Bavariya” – top-klub. Agar Abbos o‘z ustida ishlashdan to‘xtamasa, katta klublar Fayzullayevga qiziqish bildirishda davom etadi, deb hisoblayman.
Abbosning xarakterida shunday xususiyat bor, u qayerda bo‘lsa ham eng zo‘ri bo‘lishga harakat qiladi. Unda alohida ajralib turish yoki boshqalaring fonida o‘zini ko‘rsatish istagi yo‘q, lekin yaxshi tomoni – doim zo‘r bo‘lish harakatida.
Bu yigitda aniq maqsad bor va unga erishish yo‘lida harakat qilmoqda, - dedi Dmitriy An.
Abbosbek Fayzullayev “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. SSKA o‘tgan yilning avgustida iste’dodli hujumkor futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu transfer toshkentliklarga 500 ming yevro keltirdi.
Rossiya Premer-ligasi va mamlakat kubogi doirasida jami 18 ta uchrashuv o‘tkazgan Abbosbek Fayzullayev ikkita gol urdi va to‘qqizta assist qayd etdi. Ayni paytda uning transfer summasi 4 million yevroni tashkil qilmoqda.
Osiyo kubogida muvaffaqiyatli qatnashib, beshta o‘yinda ikkita gol va bitta assist muallifi bo‘lgan 20 yoshli hujumkor futbolchining transfer summasi yanada oshishi kutilyapti. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)