14:15 / 08.02.2024
183

Kosta o‘g‘irlik qilganini tan oldi...

Kosta o‘g‘irlik qilganini tan oldi...
O‘rta vazn toifasidagi jangchi Paulo Kosta promoushenning Las-Vegasdagi shtab-kvartirasida super yengil vazn toifasidagi jangchi Merab Dvalishvilidan qanday ovqat o‘g‘irlaganini aytib berdi.

Las-Vegasda eng ko‘p sog‘inadigan narsam bu Merab Dvalishvilining taomidir, men uni UFC shtab-kvartirasidan o‘g‘irlaganman. Qisqichbaqa qo‘shilgan guruch juda mazali edi”, — deb yozadi braziliyalik o‘zining X sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Kosta va Dvalishvili 17 fevral kuni Anaxaymda bo‘lib o‘tadigan bo‘lajak "UFC 298" turnirida navbatdagi janglarini o‘tkazishadi. Braziliyalik oktagonda avstraliyalik Robert Uittaker bilan to‘qnash kelsa, gruziyalik amerikalik Genri Sexudo bilan kuch sinashadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kosta o‘g‘irlik qilganini tan oldi...