
Og‘ir atletika bo‘yicha Toshkentda o‘tayotgan Osiyo chempionatining bugungi kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun sermahsul o‘tmoqda. Hozirgina yakunlangan ayollar o‘rtasidagi -81 kg vazn toifasidagi bahslarda hamyurtimiz Rigina Adashbayeva 3 ta kumush medalni naqd qildi.
Atletimiz dast ko‘tarishda 107 kg, siltab ko‘tarishda 136 kg va ikki kurash natijasiga ko‘ra 243 kg toshni o‘ziga bo‘y sundirishga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa, bugungi bahslardan so‘ng jamoamiz hisobidagi medallar hozircha 1 ta oltin, 7 ta kumush va 3 ta bronzaga yetdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar