date
views 168

Amerikalik taniqli murabbiy Frensis Ngannu va Entoni Joshua jangida kim g‘alaba qozonishini aytdi

Amerikalik taniqli murabbiy Frensis Ngannu va Entoni Joshua jangida kim g‘alaba qozonishini aytdi
Amerikalik taniqli murabbiy Virjil Xanter og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Entoni Joshua (27-3,24 KO) hamda sobiq UFC chempioni Frensis Ngannu (17-3)jangi haqida so‘z yuritdi.

Joshua oxirgi jangida juda kuchli, juda noodatiy va juda tez ko‘rindi. Men taxmin qilishdan oldin Ngannuni yana ko‘rishni xohlayman. Bilaman Frensis jismonan noyob shaxs, uning tanasi butunlay boshqa narsadan bunyod bo‘lganga o‘xshaydi. Shuningdek, u yoshligidan jismonan baquvvat ekanligi ma’lum. Men Entoni g‘alaba qozonishini kutaman, ammo bu juda xavfli jang. Ngannu ikki oyog‘ida tursa va zarba bera olsa, u doimo katta tahdid bo‘lib qoladi”, - dedi Xanter Boxing Social nashriga.

Eslatib o‘tamiz, Entoni Joshua hamda Frensis Ngannu o‘rtasidagi boks bo‘yicha jang 8 mart kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Amerikalik taniqli murabbiy Frensis Ngannu va Entoni Joshua jangida kim g‘alaba qozonishini aytdi