
Bugun Bolgariyada bo‘lib o‘tayotgan xalqaro "Stranja" turniri doirasida 10 nafar bokschilarimiz yarim final yo‘llanmasi uchun bahslarga kirishishdi. Kechagi janglardan so‘ng hozircha 4 nafar bokschimiz yarim final bosqichiga chiqib ulgurishgandi.
Quvonarlisi, bugun ringga ko‘tarilgan barcha vakillarimiz g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi. Birgina Hasanboy Do‘smatovning raqibi chiqmaganligi sababli keyingi bosqichga o‘tgan bo‘lsa, qolgan 9 bokschimiz chiroyli janglari bilan barchani xursand qildi va g‘alabali odimlarini davom ettirdi.
Demak, bokschilarimiz ushbu raqiblarini chorak finalda mag‘lub etdi.
-51 kg Asilbek Jalilov - Rigi Mostafa (Eron) 5:0
-54 kg Hasanboy Do‘stmatov - Davit Yegoryan (Armaniston) – raqib chiqmadi.
-54 kg Hujanazar Nortojiyev - Lalit (Hindiston) 5:0
-57 kg Shahzod Muzafarov - Daniyal Shahbahsh (Eron) 5:0
-60 kg Dilshod Abdumurodov - Maksim Vlasiuk (Ukraina) 4:0
-60 kg Abdumalik Halokov - Ruslan Kuzeubayev (Qozog‘iston) 5:0
-63,5 kg Adhamjon Muhiddinov - Yerassil Tankay (Qozog‘iston) 5:0
-71 kg Iqboljon Holdorov - Eskerhan Madiyev (Gruziya) 5:0
-75 kg Fazliddin Erkinboyev - Nurkanat Rayis (Qozog‘iston) 4:1
-75 kg Javohir Ummataliyev - Deyepak (Hindiston) 5:0 “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar