156
Osiyo Kubogi-2023. Qatar uchta penalti evaziga Iordaniyani mag‘lub etdi va Osiyo chempioniga aylandi
Osiyo kubogi-2023 finalida mezbon va amaldagi chempion Qatar turnir kashfiyotiga aylangan Iordaniyaga qarshi maydonga tushdi.
«Lusail» stadionida turnir finallaridagi muxlislar tashrifi rekordi – 86 492 tomoshabin qarshisida o‘tgan hal qiluvchi bahsda xitoylik hakam tomonidan belgilangan uchta penalti bosh sovrin taqdirini hal qildi.
Final bilan birga turnir qahramoniga aylangan Akrom Afif 22, 73 va 90+5-daqiqada penaltilardan uch marta foydalanib, Qatarga turnirdagi ketma-ket ikkinchi chempionlikni keltirdi – 3:1.
Shu bilan birga Afif het-trigi evaziga to‘purarlar ro‘yxatida Aymanni (6ta gol) ortda qoldirib, 8ta gol bilan musobaqaning eng yaxshi goleadoriga aylandi.
Qayd etish joiz, Qatar bu turnirda faqatgina O‘zbekiston milliy jamoasini chorakfinal o‘yinida mag‘lub eta olmadi va penaltilar seriyasidagi g‘alaba evaziga yarimfinalga chiqqandi.
Osiyo kubogi-2023. Final
Qatar – Iordaniya - 3:1
Gollar: Akrom Afif 22 penaltidan, 73 penaltidan, 90+5 penaltidan – An-Naymat 67.
Qatar: 22.Mashal Barsham, 3.Al Mahdi Ali Muxtor (16.Bualem Xuxi, 81), 4.Muhammad Va’d Al Bayati, 5.Tariq Salmon, 9.Yusuf Abdurizaq (17.Ismoil Muhammad, 63), 10.Hasan Al Haydos (6.Abdul Aziz Hatim, 53), 11.Akram Afif, 12.Lukas Mendes, 19.Almoyez Ali, 20.Ahmad Fathi Abdulla, 24.Jassim Jobir Abdusallam (8.Ali Asad, 53).
Iordaniya: 1.Yazid Abulayla, 3.Abdullah Nasib, 5.Yazan Al Arab, 8.Nur Al Din, 9.Ali Olvan, 10.Musa At-Tamari, 11.Yazan An-Naymat, 13.Mahmud Al Mardi (18.Saloh Ratib, 80), 17.Salim Al Ajalin, 21.Nizar Ar-Rashdan, 23.Ehson Haddad.
Ogohlantirishlar: A.Olvan 18, S.Al Ajalin 45+7, Ya.Al Naymat 86, Ya.Abulayla 90+4 - A.Asad 90+9, M.Barsham 90+16 “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”