
Yarim o‘rta vazn(77,1 kg) toifasida UFC jangchisi Shavkat Rahmonov(18-0) bilan ishlayotgan Dar Pro jamoasi murabbiyi Aziz Raziyev qozog‘istonlik yulduzning iste’dodi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Shavkat juda savodli yigit. U o‘zini shunchalik ko‘p o‘rganganki, tanasiga qachon muayyan yuklamalar berishni va qachon bermaslikni biladi. U o‘z tanasini his qiladi. Bu uning iste’dodini 60 foizidir. Menimcha, u juda qobiliyatli. Shavkatda ajoyib ruhiyat va o‘ziga xos xarakteri bor. Har tomonlama iqtidorli yigitlar bor - ular universal bo‘lishi mumkin, hamma narsaga qodir, lekin ichidagi biroz qo‘rquv sababli to‘liq ochila olishmaydi. Shavkat esa o‘z mahallasida ulg‘aygan chog‘ida bezori bo‘lgan. U ko‘cha bolasi, ko‘chada o‘sgan, lekin ayni paytda iste’dodini to‘g‘ri yo‘naltira oldi. Shuningdek, unda iqtidordan tashqari IQ ham kuchli. Bu juda kam uchraydigan hislatdir", – dedi mutaxassis.
Ma’lumot uchun, Shavkat Rahmonov so‘ngi jangida Stiven Tompsonni muddatidan avval mag‘lub etgandi.
Shavkat RahmonovUFC jangchisiDar Pro jamoasiAziz Raziyeviste'dodli yigitmuayyan yuklamalar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing