301
Iordaniyaga qarshi o‘yindan oldin Janubiy Koreya futbolchilari orasida kelishmovchilik yuz bergan
Son uchun so‘nggi imkoniyatlardan biri sifatida qaralgan Osiyo kubogida Janubiy Koreya yarim finalgacha yetib bordi. Nimchorak finalda Saudiya Arabistonini, chorak finalda esa Avstraliyani irodali tarzda mag‘lub qilgan Yurgen Klinsman shogirdlari 1/2 bosqichida Iordaniyaga taslim bo‘ldi. Uchrashuvda koreyaliklar faqatgina hisobda emas, balki har tomonlama mag‘lubiyatga uchradi. Jamoaning bunday bo‘sh o‘yin ko‘rsatishiga sabab bo‘luvchi ayrim ma’lumotlar paydo bo‘lmoqda.
Koreyaning bir nechta nashrlari xabar berishicha, Janubiy Koreya futbolchilari har o‘yin oldidan ichki muhitni yaxshilash maqsadida birga ovqatlanishgan. Iordaniyaga qarshi bahsdan bir kun oldin Li Kang In va ayrim yosh futbolchilar ertaroq tamaddi qilib olishgan va o‘sha xonada tennis o‘ynashayotgan paytda boshqa futbolchilar taomlanishni boshlagan. Shu vaqtda yoshi katta futbolchilar Li va uning do‘stlariga xalaqit berishayotgani va tennis o‘ynashni to‘xtatishlarini so‘rashgan.
Ammo futbolchilar tennis o‘ynashni bas qilmaydi. Shu vaqtda o‘yinchilar orasida kelishmovchilik yuz beradi. Ba’zi manbalar bu jarayonda Son Xyon Min faol ishtirok etgani va qo‘lini shikastlab olganini, shundan so‘ng murabbiydan Kang Inni asosiy tarkibdan olinishini so‘ragani ta’kidlanmoqda, lekin buni rad qilayotganlar ham yo‘q emas. Son futbolchilarni ajratayotgan paytda barmoqlari jarohatlangan, deya xabar beradi boshqa nashrlar.
Klinsmann baribir PSJ vingerini boshlang‘ich tarkibdan olmadi. Shuningdek, u mazkur bahsda to‘liq harakat qildi. Umuman Kang In chempionat davomida faqatgina Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yinda zahiraga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi