OCHL pley-off uchrashuvidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Al Ayn" (0:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Abduvohid Ne’matov matbuot anjumanida qatnashdi.
– Murabbiy va uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisining bahs haqidagi fikrlari qanday?
Ro‘ziqul Berdiyev: – O‘yin og‘ir bo‘ldi. Raqib jiddiy edi, ular hujumda qanday harakat qilishganini ko‘rdingiz. Bugun himoyaga e’tibor qaratib o‘ynadik. Agar raqibga ko‘proq bosim o‘tkazganimizda tezroq charchab qolishimiz mumkin edi. Natija biz kutgandek bo‘lmadi, ammo bu mavsumning ilk o‘yini. Tayyorgarligimiz qay darajada ekanini ko‘rib oldik. Jamoa futbolchilari bu o‘yinga har xil holatda yetib kelishgandi. Bu albatta o‘yinga ta’sir o‘tkazdi.
Abduvohid Ne’matov: – Biz xohlagan natija bo‘lmadi. Raqibimizni yanada yaxshiroq o‘rganib, mehmondagi o‘yinga faqat g‘alaba uchun boramiz.
– Sharof Muhiddinovning almashtirilishi majburiy o‘zgarish bo‘ldimi?
– Yo‘q. Hujumga tezkorlik qo‘shish uchun Nasrullayevni maydonga tushirdim. Pozitsion almashtirishni maqsad qildik.
– Ko‘proq bosim qilganimizda, tezroq charchab qolardik, deb aytdingiz. Bugun hujumda ko‘p palapartishliklar ko‘zga tashlandi. O‘zi umuman o‘yinning qaysi paytiga kelib futbolchilarda charchoq alomatlarini sezdingiz?
– Har bir o‘yinchimiz qanday holatda ekanidan xabarimiz bor edi. Kim to‘liq mashg‘ulot o‘tkazgan, kim umuman mashq qilmagan, yana kimlar jarohatdan so‘ng safga qaytgan – aynan shu jihatlarni hisobga olgandik. Shundan kelib chiqib o‘zgarishlarni amalga oshirib bordik. Har bir holatni o‘zimiz yaxshi bilamiz. Aytib o‘tish kerakki, bugungi tarkibimiz jamoa o‘yinchilarining holati va raqibning darajasidan kelib chiqib tanlangandi. Hujumda muammolar kuzatilgani rost. Bobir, Temur va Oybek bir haftagina mashg‘ulot o‘tkazishdi, bu bilan hammasi yaxshi bo‘lib ketmaydi.
– Temur Chogadze bugun yaxshi harakat qildi, ammo u almashtirildi. Bunga nima sabab bo‘ldi?
– U qanday potensialga ega ekanini juda yaxshi bilamiz. Shu sabab ham Chogadzeni jamoaga taklif qilganmiz. Biroq, u hujumlarni yakunlashda va so‘nggi paslarni berishda biroz sust harakat qildi. Raqib hujumga o‘tganda himoyaga yordam berish jarayonida ham ba’zi pozitsion xatoliklarga yo‘l qo‘ydi. Shu sabab ham uni almashtirdik.
– O‘tgan mavsumdagi o‘yinlarga e’tibor qaratsak, "Nasaf" mehmonda yaxshi harakat qilgandi. Shu jihatdan kelib chiqsak, jamoa mehmondagi bahsda ochiqroq va yaxshiroq o‘yin ko‘rsatadimi?
– Ha, o‘tgan mavsumdagi o‘yinlarimiz biz mehmonda istalgan raqibga qarshi o‘ynay olishimizni ko‘rsatgandi. Biroq, barchasi qo‘l ostingizdagi o‘yinchilarning tayyorgarligiga bog‘liq. Masalan, agarda Sherzod Nasrullayev bugun o‘yinga 100% tayyor bo‘lganda, biz qo‘rqmasdan o‘zimizning odatiy taktikamizda harakat qilgan bo‘lardik. Agarda javob o‘yinida shu kabi muammolarga duch kelmasak, bor kuchimizni ko‘rsatamiz deb o‘ylayman.
– Murod Rahmatov ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Siz uni bugun qanotda sinab ko‘rdingiz. Kelajakda ham u shu pozitsiyada harakat qiladimi?
– Yana oldingi javobdan kelib chiqib fikr bildiraman. Murod juda universal futbolchi. Unga jiddiy takliflar bo‘ldi, biz esa Murodni jamoada olib qoldik. Aytganimdek, bugungi tarkibni mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib tanladim. Masalan, Zafarmurod o‘yinga tayyor bo‘lganda biz Murod Rahmatovni markazda sinab ko‘rgan bo‘lardik. Lekin Abdurahmatov terma jamoadan endigina jamoaga qaytdi, shu sabab Rahmatovni qanotda o‘ynatdik. U bugun juda katta ko‘lamdagi ishni bajardi. Biroq, Murod hujumga qo‘shilganda, unga to‘pni vaqtida uzatishmadi.
– Ro‘ziqul aka, bu mavsumning ilk rasmiy uchrashuvi edi. Raqib ham ancha qimmat tarkibga ega. Shu jihatdan qaralsa, bugungi natijadan qoniqdingizmi?
- OCHLda arzon tarkibli raqibning o‘zi yo‘q. Biz boshidan beri qimmat tarkiblarga qarshi o‘ynayapmiz. Ular bilan bir darajada o‘yin ko‘rsatyapmiz, aslo kam emas. "Al Ayn" tarkibidagi futbolchilarning darajasi yuqori. Osiyo kubogida harakat qilgan bir necha o‘yinchilari bor. Bunday raqiblarga qarshi oson bo‘lmayapti. Yangi kelgan futbolchilarimiz formaga kirib olishsa, o‘yinimiz o‘z joyiga tushadi. Hamma futbolchilarimiz jismonan tayyor yoki o‘yin amaliyotiga ega bo‘lib turganda bundan ancha yaxshi harakat qilardik.
E’tibor bersangiz, "Nasaf" futbolchilari Osiyo kubogida kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi. Bobir yanglishmasam ikki oydan beri rasmiy o‘yinda maydonga tushmagan. Sherzodda jarohat bor. Zoran jamoa bilan besh kun mashg‘ulot o‘tkazdi. Temur va Bobir o‘zaro pas berishda xato qilishdi. Ular bir haftagina birga mashq qilishdi. O‘z ustimizda tinmay mehnat qilishmiz kerak. Shundagina kerakli maqsadga yetamiz. Jamoaning hozirgi holatidan kelib chiqsak, natijani yomon deb bo‘lmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi