
Diyora Keldiyorova Boku "Katta Dubulg‘a" turniri g‘olibi! Boku “Katta dubulg‘a” musobaqasining birinchi kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.
-52 kg vazn toifasida ishtirok etgan Diyora Keldiyorova finalda ikki karra Olimpiya o‘yinlari sovrindori italiyalik Odette Jufrida ustidan g‘alaba qozonib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Qayd etish joiz, bu Keldiyorovaning “Katta dubulg‘a” musobaqalaridagi beshinchi oltin medali bo‘ldi.
Shuningdek, u jahon va Parij-2024 Olimpiada reytingi uchun 1000 ochkoni ham o‘z hisobiga qo‘shib qo‘ymoqda. Yana bir ahamiyatli jihati, ushbu g‘alaba kelasi hafta Keldiyorovani jahon reytingi peshqadamiga aylantiradi.
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar