Berbatov Keynning “Bavariya”dagi o‘yinlari va u haqidagi tanqidlarga keskin javob berdi.
"Harri Keyn hali ham gollar urmoqda va bu uni xursand qilayotganiga aminman. Agar “Bavariya” natijalariga qaraydigan bo‘lsak, ular sovrinlar uchun kurashmoqda. To‘g‘ri, ular Leverkuzen klubidan 5 ochko ortda qolmoqda. Klub sovrinsiz qolsa, Keyn xafa bo‘lishi aniq. Futbol ham ba’zida shafqatsiz bo‘lishi mumkin. Lekin hech narsa aniq emas. “Bavariya”da sovrin uchun kurashish imkoniyati hali ham bor. Men Harri klubda baxtli deb o‘ylayman, chunki u gollar urmoqda.
Harri Keyn la’nati?! Bu ahmoqgarchilik va Keynga nisbatan hurmatsizlik! Bu haqda o‘ylashni ham xohlamayman. Ba’zida futbol va hayot shunday ishlaydi. U juda ko‘p gol urayotgan bo‘lsa-da, jamoa natijalari unchalik ham yaxshi emas. Demak, hujumchi o‘z ishini qilmoqda. Odamlar boshqa pozitsiyalarga qarashlari kerak. Ular bor imkoniyatlaridan foydalanishyaptimi? Jamoaning himoyada muammolari bor, ular ko‘p gol o‘tkazib yubormoqda",—deydi sobiq futbolchi.
Berbatov ta’kidlaganidek, “Bavariya” omadsizligida Keynning aybi yo‘q. Sobiq “Tottenhem” hujumchisi bir nechta rekordlarni yangilamoqda. U Bundesliga doirasidan o‘rin olgan 21 o‘yinda ishtirok etib, 24ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo u boshqa jamoadoshlari kabi “Bayer” klubi darvozasiga yo‘l topa olmadi. Shundan keyin OAV tomonidan Angliya sardoriga nisbatan tanqidiy fikrlar ko‘paydi.
“Bavariya” keyingi turni 14-o‘rinda borayotgan “Bohum” klubiga qarshi o‘tkazadi. Ushbu o‘yindagi g‘alaba muxlislar va media xodimlarining bir oz tinchlanishini ta’minlashi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?