date

Bokschi Aloyan: "Raqibimni oltin bilan qutlayman, u oxirigacha kurashdi"

Bokschi Aloyan: "Raqibimni oltin bilan qutlayman, u oxirigacha kurashdi"

2016 yilgi Olimpiya o‘yinlarida Rossiya sharafini himoya qilgan bokschi Mixail Aloyan o‘zining Rio-de-Janeyrodagi final jangiga izoh berdi. Bu haqda "R-Sport"ga asoslanib "Kun" nashri ma’lum qildi.

"Birinchidan, raqibimni oltin medal bilan qutlayman, u oxirigacha kurashdi. Ikkinchi raundda u g‘olib bo‘ldi, uchinchi raundda esa, nazarimda murabbiy tomonidan berilgan maslahatni to‘liq bajardim. Hakamlar so‘nggi raundni mening foydamga hal qilishlari kerakdek tuyuldi".

Rossiyalik sportchi o‘zining mag‘lubiyatida hech kimni ayblamoqchi emasligini ta’kidladi.

"Bu vaziyatda o‘zimni ayblash osonroq, - dedi Aloyan. - Bundan-da yaxshi kurashsam bo‘lar edi. Sog‘liq bilan bog‘liq muammolar bo‘ldi".

Eslatib o‘tamiz, rossiyalik bokschi Mixail Aloyan 52 kilogrammgacha bo‘lgan vaznda Braziliyadagi yozgi O‘yinlarda hamyurtimiz Shahobiddin Zoirovga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bokschi Aloyan: "Raqibimni oltin bilan qutlayman, u oxirigacha kurashdi"