O‘zbekistonlik futbol muxlislarining aksariyatini Eldor Shomurodovning holati qiziqtirishi tabiiy. 28 yoshli forvard uch oydan beri jarohatini davolatish bilan ovora.
Yaqinda Qatar mezbonlik qilgan Osiyo kubogida ham O‘zbekiston milliy terma jamoasining yanada muvaffaqiyatli ishtirok etishiga Eldor Shomurodovning yo‘qligi ham ta’sir o‘tkazayotganini ta’kidlayotganlar ham ko‘p. Ayni paytda ko‘pchilik Eldor Shomurodovning maydonga qaytishini kutmoqda.
“Kalyari” faoliyatini atroflicha yoritib kelayotgan cagliarinews24.com sayti eksperti Lorenso Shirru o‘z manbalariga tayangan holda Klaudio Raneri jamoasi ichidagi muhim axborotlarni tarqatmoqda. Bu mutaxassis o‘zbek legioneri atrofidagi vaziyatga ham oydinlik kiritdi.
- “Kalyari”ni muhim bahs – Italiyaning amaldagi chempioni “Napoli”ga qarshi uchrashuv kutib turibdi. Klaudio Raneri jamoasida hali mavsumning ikkinchi yarmida o‘ynamagan ayrim o‘yinchilar safga qaytishi kutilmoqda.
Ular orasida Eldor Shomurodov ham bor. O‘zbek hujumchisi o‘ng oyog‘idagi jarohat tufayli mayonga tusha olmayotgan edi. Raneri neapolliklar bilan bo‘ladigan bahsda Eldor Shomurodovga ishonch bildirishi mumkinmi? O‘yinga hali bir necha kun vaqt bor. Eldor Shomurodov esa, tez orada guruh mashg‘ulotlariga qo‘shiladi. Shunday ekan, o‘zbek legioneri kamida o‘yin qaydnomasidan joy olishi kutilmoqda, - deb yozdi Lorenso Shirru.
Bundan tashqari, yana bir nufuzli manba – L'Unione Sarda nashri ham jarohatidan to‘liq qutilish arafasida turgan futbolchimiz bir hafta ichida safga qaytishi haqida ma’lumot tarqatdi.
- Yana ozgina sabr qilishi kerak. “Kalyari” Eldor Shomurodovning qaytishini kutyapti. Sardiniyaliklarning “Napoli” bilan o‘yini 25 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekistonlik futbolchini yana bir haftaga yaqin kutish lozim. Shomurodov A Seriyada 11 dekabrda “Sassuolo”ga qarshi g‘alabali uchrashuvda qatnashganidan buyon hali ko‘rinish bergani yo‘q, - deb yozdi L'Unione Sarda nashri.
Eslatib o‘tamiz, A Seriyaga qaytgan “Kalyari” yozda Eldor Shomurodovni “Roma”dan bir million yevro evaziga mavsum oxiriga qadar ijaraga olgandi. Sardiniyaliklarda o‘zbek legionerining transfer huquqini 9 million yevroga to‘liq sotib olish imkoni bor.
Biroq Eldor Shomurodov yuqori sport formasiga chiqish uchun ko‘p vaqt sarflab yuborgani bois, “Kalyari”da ham zaxira o‘yinchisiga aylanib qoldi. Endigina formasini tiklab, jamoasiga samara keltira boshlagan pallada og‘ir jarohat olib, operatsiya qilindi.
Qishki transferlar oynasi davrida Eldor Shomurodovni “Salernitina” o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘rgandi. Salernoliklar transfer masalasida “Roma” bilan kelishuvga erishdi. Hamyurtimiz ham muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun jamoasini o‘zgartirishga tayyorligi aytilgandi.
Biroq, “Kalyari” bosh murabbiyi Klaudio Raneri tarkibdagi muammolar tufayli Eldor Shomurodovni qo‘yib yubormagani xabar qilindi. Endi tez orada tajribali legionerimiz maydonga qaytishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?