date

O‘zbekiston boks terma jamoasi dunyoda birinchi!

O‘zbekiston boks terma jamoasi dunyoda birinchi!

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Rio Olimpiadasida 3 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida Kuba, Qozog‘iston, Rossiya, AQSh kabi kuchli terma jamoalarni ortda qoldirib, 1-o‘rinni egalladi. Bu haqda "Kun" xabar berdi.

O‘zbekiston boks terma jamoasi umumiy hisobda Rioda 7 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Hamyurtlarimiz Hasanboy Do‘stmatov (49 kg), Shahobiddin Zoirov (52 kg), Fazliddin G‘oibnazarov (64 kg) oltin medal, Shahram G‘iyosov (69 kg), Bektemir Meliqo‘ziev (75 kg) kumush medal, Rustam To‘laganov (91 kg) va Murodjon Ahmadaliev (56 kg) bronza medallari sohibi bo‘ldilar.

Shuningdek, umumjamoa hisobida kuchli beshlikdan, Kuba (3-0-3), Fransiya (1-2-2), Qozog‘iston (1-2-2), Rossiya (1-1-3) va AQSh (1-1-1) terma jamoalari o‘rin oldi.

Sportchilarimizga Riodagi yorqin, g‘olibona ishtiroklari uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Biz siz bilan farxlanamiz! G‘alabalar muborak bo‘lsin!!!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston boks terma jamoasi dunyoda birinchi!