Samarqandning “Dinamo” klubi “Andijon”ga qarshi nazorat uchrashuvida ishtirok etdi va unda hisob ochilmadi – 0:0. Pro ligadan Superligaga qaytgan “Dinamo” jamoasini oldinda jiddiy sinov kutayotgani rost. “Andijon”ga qarshi bahsdan keyin Vadim Karlenovich ayrim savollarga javob berdi.
- Vadim Karlenovich, “Dinamo”ning “Andijon”ga qarshi o‘yini haqida nima deya olasiz?
- Bugungi o‘yinga kelsak, safardan qaytgach, yigitlar biroz dam olishdi. Kecha kechki payt Samarqanddan yetib kelib, dam olishga ham ulgurmadik. Charchoq alomati bor. Shunday bo‘lsa-da, yaxshi o‘yin bo‘ldi. 0:0 natijasi qayd etildi. Rejalarimiz amalga oshmoqda.
- Tarkibda yangi o‘yinchilarni ko‘rib turibmiz. Seleksiyadan qoniqish hosil qildingizmi?
- Ha, qoniqdim, albatta. Kimni istagan bo‘lsak, shularni oldik, sinab ko‘rdik. To‘g‘ri tanlov qildikmi yoki yo‘qmi, mavsum ko‘rsatib beradi.
- Shartnoma imzolagan o‘yinchilarning ayrimlarini faoliyatida biroz pasayish kutilayotgandi. Ularni yana qayta kashf qilish uchun “Dinamo”ga taklif qildingizmi?
- Ko‘ramiz, hozirdan bir nima deyish qiyin. Muxlislar kelib xursand bo‘ladigan o‘yin ko‘rsatmoqchimiz. Chempionatni qanday boshlaymiz, o‘zinglar guvohi bo‘lasizlar. Oldindan bir nima demaymiz.
- “Dinamo” chempionatning dastlabki turini Namanganda “Navbahor”ga qarshi o‘tkazadi. Bo‘lajak o‘yin va raqib haqida nima deya olasiz?
- O‘ylaymanki, yaxshi o‘yin bo‘lishi kerak. Namanganda doim stadion muxlislar bilan to‘ladi. Bizning futbolchilar uchun yaxshi imtihon bo‘ladi. Biz jiddiy futbol ko‘rsatmoqchi bo‘lsak, kim bilan o‘ynashni nima farqi bor? To‘g‘ri, namanganliklarning imkoniyati yaxshiroq. Sababi ular ikki marta rasmiy o‘yin o‘tkazishdi. Har qanday vaziyatda qiziqarli bahs bo‘ladi, deb o‘ylayman.
- Boshqaruvingizdagi jamoalar har doim ochiq futbol ko‘rsatishgan. Lekin o‘tgan yili ko‘rdikki, “Dinamo” himoyada ham yaxshi o‘ynayapti. Superligada “Dinamo”dan ochiq futbol ko‘ramizmi yoki ikkinchi raqam ostida o‘ynaydimi?
- Yaxshi o‘yin unutiladi, lekin hisob yodda qoladi. Biz yaxshi futbol o‘ynashga harakat qilamiz, albatta, o‘zimizga ziyon yetkazmagan holda. Zamonaviy futbolda natijani ham o‘ylash kerak. Himoyaviy o‘ynashga harakat qilamiz. Bu himoyachilarning holatiga bog‘liq. Bular vaziyatga tayyormi-yo‘qmi, o‘yinchilarning holatiga bog‘liq. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?