Foto: Getty images
Lozanna sport arbitraj sudi (CAS) Xalqaro konkida uchish ittifoqining (ISU) 2022 yilgi Pekin Olimpiadasida figurali uchish bo‘yicha jamoaviy musobaqa medallarini qayta taqsimlash bo‘yicha qaroriga qarshi to‘rtta apellyatsiya, shu jumladan Kanadaning figurali uchish bo‘yicha uchinchi o‘rinni o‘ziga berish haqidagi iltimosini ro‘yxatga oldi. Rossiya o‘z vakili Kamila Valiyeva bilan doping mojarosidan so‘ng Olimpiadada uchinchi o‘ringa tushirilgandi. Bu haqda 26 fevral, dushanba kuni CAS saytida chop etilgan press-relizda aytiladi.
Qayd etilishicha, birinchi apellyatsiya Kanada Olimpiya qo‘mitasi tomonidan berilgan bo‘lib, unda figurali uchish bo‘yicha Kanada terma jamoasiga umumjamoa turniri uchun uchinchi o‘rin berilishi so‘ralgan. «Kanada tomoni ushbu murojaatda ISU'ga reytingni o‘zgartirish buyuriladigan CAS qarorini talab qilmoqda», deyiladi CAS matbuot bayonotida. Kanada figurali uchish bo‘yicha jamoaviy musobaqa natijalariga ko‘ra o‘rinlarni qayta taqsimlashni taklif qildi: «oltin» - AQSH (67 ball), «kumush» - Yaponiya (65 ball), «bronza» - Kanada (55 ball). Kanada tomonining fikricha, Rossiya olimpiya terma jamoasi 54 ochko bilan to‘rtinchi o‘ringa tushib ketishi kerak.
O‘z navbatida, Rossiya CAS'ga uchta ariza berdi: Rossiya Olimpiya qo‘mitasi (OKR), Rossiya figurali uchish federatsiyasi (FFKKR) va bir guruh rus figurali uchuvchilari Pekin Olimpiadasining avval olib qo‘yilgan «oltini»ni qaytarishni talab qildi, deyiladi press-relizda.
Haydovchi bobosining trimetazidini figurali uchuvchi organizmiga tasodifan kirganini isbotlab bo‘lmadi
29 yanvar kuni Lozannadagi Sport arbitraj sudi (CAS) rossiyalik figurali uchuvchi Kamila Valiyevani antidoping qoidalarini buzgani uchun to‘rt yilga diskvalifikatsiya qildi. 2021 yil 25 dekabrdan boshlab rossiyalik figurali uchuvchining shu sanadagi natijalari bekor qilindi.
CAS ta’kidlashicha, Valiyeva, Rossiya antidoping agentligi (RUSADA) tartib-intizom qo‘mitasi iddaosida aytilganidek, qasddan doping iste’mol qilmaganligini isbotlay olmadi. RUSADA 2023 yil yanvar oyida figurali uchuvchi antidoping qoidalarini buzgan bo‘lsa-da, harakatlar hech qanday ayb yoki beparvolik bilan bog‘liq emas, degan xulosaga keldi. Rossiya tomonining ta’kidlashicha, taqiqlangan modda 15 yoshli figurali uchuvchi organizmiga tasodifan trimetazidin qabul qilayotgan va uni mashg‘ulotlarga olib borgan bobosi tufayli tushib qolgan.
Arbitraj Rossiya termasi uchun jamoaviy «oltin» bo‘yicha qarorni ISU'ga qoldirdi, Xalqaro konkida uchish ittifoqi esa 2022 yilgi Olimpiadada figurali uchish bo‘yicha jamoaviy musobaqa natijalariga ko‘ra Rossiyani oltin medaldan mahrum qildi. Rossiya Olimpiya qo‘mitasi bayrog‘i ostida ishtirok etgan va Olimpiadada 74 ball olgan rossiyaliklarning yakuniy natijasidan 20 ball olib tashlandi (Valiyevaning qisqa va erkin dasturlardagi g‘alabalari uchun - 10 balldan). Shu tariqa, ular 54 ochko bilan uchinchi o‘ringa tushib ketdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?