“Kalyari” futbolchilar A Seriyadagi joyini saqlab qolish uchun jiddiy kurash olib bormoqda. Klaudio Raneri shogirdlari avvalgi turda amaldagi chempion “Napoli”dan bir ochko tortib olgani jamoani xavfli hududdan olib chiqqani yo‘q.
Sardiniyaliklar mavsum boshlanganidan beri davom etib kelayotgan tarkibdagi muammolardan haligacha qutila olgani yo‘q. Hali Eldor Shomurodov va Gaetano Oristanio to‘liq safga qaytmay turib, hujumchilardan bir nechtasi jarohatga yo‘liqdi.
“Napoli” bilan o‘yinda yarim himoyachi Yakub Yankto va mohir hujumchi Leonardo Pavoletti shikastlandi. Jamoa to‘purarlaridan Pavoletti katta yo‘qotish bo‘ldi. Yana bir to‘purar Zito Luvumbo ham jarohat tufayli jamoaga yordam bera olmayapti.
Futbol eksperti Vittorio Sanna Radio Super Sound radiosiga bergan intervyusida Leonardo Pavolettining jarohati jiddiy ekani va u kamida ikki oy maydondan tashqarida qolishini ta’kidladi.
- Pavoletti bizni tark etmoqda, lekin Eldor Shomurodov tiklanish jarayonini yakunladi. Endi bu legioner chempionatning qolgan qismida jamoa uchun juda foydali o‘yinchiga aylanishi mumkin. “Kalyari”ga quyi ligaga tushib ketishdan qutilib qolishi uchun hujumchilarning gollari kerak, - dedi Vittorio Sanna.
Bu masalani yana bir nufuzli manba – L'Unione Sarda nashri ham ko‘tarib chiqdi.
- Pavolettining jarohat olganidan kelib chiqib, Eldor Shomurodovning tiklanib olgani funtamental ahamiyat kasb etadi. Keyingi kunlarda “Kalyari” klubi tibbiyot xodimlarining bor e’tibori o‘zbek futbolchisiga qaratiladi.
“Roma”ga tegishli bo‘lgan tajribali futbolchi jiddiy jarohat tufayli uzoq muddat safdan chiqishiga to‘g‘ri keldi, bir necha kun davomida mashg‘ulotlarni o‘tadi va nihoyat, “Empoli”ga qarshi bo‘ladigan o‘yin oldidan doimiy ravishda shug‘ullanish uchun umumiy guruhga qo‘shildi, - deb yozdi L'Unione Sarda nashri.
Yana bir mutaxassis Laura Minjioni ham TGR Sardegna nashriga bergan intervyusida bo‘lajak o‘yin oldidan “Kalyari” safida o‘zgarishlar bo‘lishi kutilayotganini ta’kidladi.
- “Kalyari” futbolchilari “Napoli” bilan durangdan keyin bir ochkoni o‘ziniki qildi. Endi hamma muhim uchrashuv – “Empoli”ga qarshi bahsga tayyorlanyapti. Bo‘lajak bellashuv muhim ahamiyat kasb etadi.
Eldor Shomurodov va Ibrohim Sulemananing jarohatdan qutilib, safga qaytgani va “Empoli”ga qarshi maydonga qaytgani “Kalyari” uchun muhim ahamiyat kasb etishi mumkin, - dedi Laura Minjioni.
27-turdan o‘rin olgan “Empoli” va “Kalyari” o‘rtasidagi muhim uchrashuv 3 mart kuni Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi. Eldor Shomurodov aynan mana shu uchrashuv qaydnomasiga kiritilishi va vaziyat taqozo etsa, maydonga tushishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi