O‘zbekiston terma jamoasi va Italiyaning "Kalyari" jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytdi.
TuttoSagliari nashri xabariga ko‘ra, o‘zbekistonlik 28 yoshli hujumchi seshanba kunidan boshlab «Kalyari» jamoasining umumiy guruhida shug‘ullanishni boshlagan. U ikki oy vaqtni jarohatdan tiklanish uchun sarflagani bois, bungacha yakka tartibda shug‘ullanayotgan edi.
«Shomurodov yakshanba kuni «Empoli»ga qarshi safarda o‘tadigan o‘yin qaydnomasidan joy olish uchun faol mashg‘ulot olib bormoqda», - deyiladi manbada.
Eldor Shomurodov dekabr oyida olgan jarohati sababli Osiyo kubogi-2023 turnirini o‘tkazib yuborgandi.
Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov 19 dekabr kuni Rimda tovonidan operatsiya qilingandi. Shifokorlar hujumchining jarohatdan tiklanib safga qaytishi uchun kamida 1,5 oy vaqt talab etilishi haqida ma’lum qilishgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?