641
KXDR ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Yaponiyaga qarshi o‘yindan so‘ng yig‘lab yubordi
Yaponiya ayollar terma jamoasi Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (Shimoliy Koreya)ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Jamoalar ishtirokidagi ilk o‘yinda hisob ochilmagandi. Javob uchrashuvidan so‘ng Shimoliy Koreya ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Ri Yu Il jamoasi Olimpiya o‘yinlariga yo‘l olmaganidan afsusda ekanligini aytib, ko‘zyoshlarini tiya olmadi.
Shuningdek, u mazkur uchrashuvdan avvalgi matbuot anjumanida “Shimoliy Koreya” atamasini ishlatgan Janubiy Koreya jurnalistidan noroziligini bildirdi.
Muxbir "Shimoliy Koreya ayollar futbol jamoasining bunchalik kuchli qarshilik ko‘rsatganiga hayronman" degan so‘zini tugatmasidan turib, "Kechirasiz, lekin mamlakat nomini to‘g‘ri aytish kerak. “Biz Shimoliy Koreya jamoasi emas, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi jamoasimiz”, deya javob qaytargan Ri Yu Il.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?