Bugun 1 mart kuni bahor fasli bilan birga futbol bayrami ham start oladi. Superliga karvoni katta yo‘lga chiqmoqda. Bu yo‘lning boshlanishi qanday bo‘lishi barchaga qiziq. Hali uchrashuvlar boshlanmasidanoq chempionlik imkoniyatlari, autsayderlar kim bo‘lishi haqida bahs-munozalar avjiga chiqmoqda.
Lekin shuni aytish mumkinki, 1-tur odatda aldamchi va xulosalar qilishga erta palla hisoblanadi. Biz esa ertangi o‘yinlar oldidan tajribali mutaxassis Baxtiyor Ashurmatovning fikrlari bilan qiziqdik.
"Navbahor" — "Dinamo"
- "Navbahor" "Nasaf" bilan birga bu yilgi chempionlik uchun asosiy da’vogarlardan biri hisoblanadi. Abramov boshchiligidagi "Dinamo" imkoniyati darajasida "Navbahor"ga qarshilik ko‘rsatadi. Lekin fikrimcha, "lochinlar" o‘z muxlislari qarshisida ishonchli g‘alabaga erishadi. "Navbahor" 2ta to‘p farqi bilan g‘alaba qozonishini taxmin qilaman.
"Nasaf" — "Olimpik"
- Qarshi jamoasi qishki seleksiya jarayonini juda faol olib bordi. "Nasaf" bu yil har doimgidan ham chempion bo‘lish uchun tayyor, deb hisoblayman. Kapadze jamoasi har bir jamoaga bosh og‘riq bo‘ladi. Yakunda "Nasaf" uyda bitta to‘p farqi bilan 3 ochko qo‘lga kiritadi.
"Bunyodkor" — "Qizilqum"
- Ikkita 5-6 uchun kurashadigan jamoalar to‘qnashuvi. "Bunyodkor"da ko‘p o‘zgarishlar yuz berdi. Bu men uchun hozircha jumboq jamoa hisoblanadi. "Qizilqum" o‘tgan yilgi tarkibni saqlab qolishga harakat qildi. Jo‘rabekov va Lobjanidze kabi yaxshi saviyadagi o‘yinchilar bilan tarkibni kuchaytirdi. Aynan Elguja Lobjanidze Superliga kashfiyoti bo‘ladi, deb o‘ylayman. Bu o‘yinga taxminim esa durang.
"So‘g‘diyona" — "Neftchi"
- Bu o‘yinni 1-turning markaziy qarama-qarshiligi deya olamiz. "So‘g‘diyona" o‘rta kuchga ega bo‘lgan jamoa. "Neftchi"ning seleksiyalaridan kelib chiqib chempionlik uchun kurashda "Navbahor" va "Nasaf"ga raqobat tug‘dirishi mumkin. Shu kuni ikki jamoa ham g‘alaba uchun harakat qiladi. Uchrashuv durang bilan yakunlansa kerak. 0:0 yoki 1:1 qayd etilishini taxmin qilyapman.
OKMK — "Andijon"
- OKMKning amalga oshirgan seleksiyalari chempionlik uchun kurashadigan jamoalar qatoridan uzoqlashtirdi. Lekin bugun qilingan o‘zgarishlar bir necha yil o‘tib mevasini berishi kerak. Jamoa o‘tgan yilgidan yoshartirildi. "Andijon" esa Xomyakov boshchiligida o‘tgan yilgidek jangovar va kurashuvchan jamoa bo‘lishi shubhasiz. Taxminim, OKMK minimal hisobda g‘alaba qozonadi.
"Lokomotiv" — "Metallurg"
- "Lokomotiv"da katta o‘zgarishlar bo‘ldi. Jamoa Pro ligadan chiqqaniga qaramasdan murabbiy Denis Korostichenko ishdan bo‘shatildi. Uning o‘rniga baho berishimiz qiyin bo‘lgan murabbiylar shtabi ish boshladi. "Lokomotiv" munosib ishtirok etsa, 5-6 o‘rinlar uchun kurashadi. "Metallurg" esa asosiy tarkibni saqlab qoldi. Ikkita o‘rtamiyonalar janggida durang bo‘ladi.
"Surxon" — "Paxtakor"
- "Surxon" o‘tgan yili kuchli o‘yin ko‘rsatdi. Ular shuni saqlab qola oladimi yoki yo‘q barchaga qiziq. "Paxtakor" esa tarkibni juda yoshartirdi. Jamoani yetakchi o‘yinchilar tark etdi. Kelajakni o‘ylab seleksiya qilishdi. Fikrimcha, joriy mavsumda chempionlik uchun kurash "Paxtakor"siz o‘tsa kerak. Jamoada ko‘p o‘zgarishlar bo‘lganiga qaramasdan 1-turda "Surxon" ustidan minimal hisobda g‘alaba qozonsa kerak. Futbol kutilmagan natijalar bilan qiziq. Biz shunchaki taxmin qilishimiz mumkin. Barcha yaxshi niyat bilan yangi mavsumga kirib kelishmoqda. Ishtirokchi jamoalarga omad tilayman.
Muallif: Iskandarov Abdulaziz
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?