20:42 / 02.03.2024
159

"Bunyodkor" ustozi Ivan Bubalo: "Ayb menda"

"Bunyodkor" ustozi Ivan Bubalo: "Ayb menda"
Superliga 1-turi doirasidagi “Bunyodkor” - “Qizilqum” (1:3) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ivan Bubalo fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- O‘yin haqida
- Birinchi navbatda, muxlislardan uzr so‘ramoqchiman. Birinchi bo‘limda juda yomon o‘ynadik. Dastlabki 15 daqiqada gol urolmadik, ikkita zarbadan so‘ng ikkita gol qabul qilib oldik. “Qizilqum”ni yutuq bilan tabriklamoqchiman. Ikkinchi taymda o‘yinni o‘zgartirishga urindik, ammo ishtiyoq u qadar sezilmadi. Ikkinchi taymda bir nechta vaziyatlardan unumli foydalana olmadik.

- Bugungi o‘yinni ham, natijani ham sharmandali deyish mumkin. “Bunyodkor” obro‘li, o‘ziga yarasha nomdor jamoa…
- Ha, juda yomon ko‘rindik. Birinchi o‘yin qiyin o‘tadi. O‘yinchilarga ham buni tushuntirdim. Ayb menda, bu mening xatom edi. Keyingi o‘yinlargacha xatolar ustida ishlaymiz.

- “Qizilqum” burchak zarbalarini deyarli bir xil ko‘rinishda amalga oshirdi. Buni ko‘rgan holda nega shuni ustida ishlamadingiz?
- Ehtimol, ikki nafar darvozabon bo‘lganida xato bo‘lmasdi. Ikkita zarbada ikkita gol o‘tkazib yubordik.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Bunyodkor" ustozi Ivan Bubalo: "Ayb menda"