17:26 / 05.03.2024
218

Italiyada o‘zbekistonlik 17 yashar sportchi qiz zo‘rlangani haqidagi xabarlar rad etildi

Italiyada o‘zbekistonlik 17 yashar sportchi qiz zo‘rlangani haqidagi xabarlar rad etildi
Foto: O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi
O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi Italiyada o‘zbekistonlik qilichboz bilan bog‘liq voqea haqidagi ma’lumotni rad etdi.

Avvalroq, Italiyada uch qilichboz o‘zbekistonlik 17 yashar sportchi qizni zo‘rlaganlikda ayblanayotgani haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, aynan 2023 yilning 4-5 avgust kunlari qilichbozlik bo‘yicha milliy terma jamoamiz a’zolari har uchala tur bo‘yicha Italiyadagi xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga qatnashmagan, balki Xitoyda bo‘lib o‘tgan Butunjahon Universiada o‘yinlarida ishtirok etgan edi.

Bu asossiz, ishonchsiz va boz ustiga tekshirilmagan ma’lumotlarning chop etilishi soxta va yolg‘on ekanligi o‘z-o‘zidan ayon.

Qilichbozlik federatsiyasi rahbariyati ushbu ma’lumot yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi va federatsiyamiz bunday urinishlar kuchli sportchilarga bevosita qaratilgan sport va siyosiy o‘yinlarning eng keng tarqalgan usullaridan biri
”, — deyiladi federatsiya bayonotida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Italiyada o‘zbekistonlik 17 yashar sportchi qiz zo‘rlangani haqidagi xabarlar rad etildi