Ole-Gunnar Sulsher "Manchester Yunayted"ning Ronaldu qaytganidan keyingi muammolari haqida gapirdi.
"Qaror juda tez qabul qilindi. Biz Krishtianu klubini o‘zgartirmoqchi, deb o‘ylamagandik. Uning "Yuventus"dan ketishi aniq bo‘lgach, boshqa klublar ham uni qo‘lga kiritishni istashi aniq edi.
Rahbariyat mendan bu haqda so‘radi, men esa rozi bo‘ldim. Biz darhol qanday pressing qilishimiz kerakligini va nimani o‘zgartirishimiz mumkinliigni o‘ylay boshladik. Krishtianu hujumda harakat qiladigan Marsyal, Grinvud yoki Reshforddan farq qiladi. U kelishidan eng ko‘p jabr ko‘rgan Kavani bo‘ldi.
Men Ronaldu bilan gaplashganimda u 4 o‘yindan 3 tasini asosiy tarkibda o‘tkazmoqchi edi. Sababi, Ronalduning o‘zi ham qarib qolganini tushundi. Shunday bo‘lsa-da, u o‘sha bir o‘yinda maydonga tushmasa, o‘zini boshqacha his qilardi.
U kelgach, Jeyms va yana bir qator futbolchilarni qo‘yib yubordik. Men bu qarorni to‘g‘ri, deb hisoblagandim. Biroq bu ish bermadi", - dedi Sulsher. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi