21:33 / 09.03.2024
214

Samvel Babayan: Raqib himoyaga yotib oldi va ayorlik qildi!

Samvel Babayan: Raqib himoyaga yotib oldi va ayorlik qildi!
Superliga 2-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - OKMK bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.

Birinchi bo‘lib, 10-daqiqada Toma Tabatadze hisobni ochgan bo‘lsa, 18-daqiqada Sardor Rahmonov boshi bilan aniq zarba yo‘llab, muvozanatni tikladi va OKMKning bu mavsumdagi ilk goliga mualliflik qildi.

Shu tariqa, Babayan shogirdlari o‘z uyida bir ochko bilan kifoyalanadigan bo‘ldi. Bellashuvdan so‘ng namanganliklar ustozi Samvel Babayan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Marhamat, tanishib chiqishingiz mumkin:

- Assalomu alaykum, hammaga xayrli kech. Bugun o‘z uyimizda ikkinchi tur o‘yinini o‘tkazdik. Ilk 20-25 daqiqada fantastik o‘yin o‘tkazdik. Hisob 3-4 ta farqga yetishi kerak edi. Afsuski, bizning darvozamizga yo‘llangan ilk aniq zarbani o‘tkazib yubordik. Futbolda ba’zan mana shunday omadsizliklar bo‘lib turadi. Biz ikki ochko yo‘qotdik. Yigitlar harakat qildi va maydonda g‘alaba qozonish uchun hamma narsa qildi. Raqib durangga loyiq emasdi, demagan bo‘lardim. Umuman olganda, ikkinchi taymda gol urish uchun ulkan ishtiyoq bilan maydonga chiqdik. Gol ham urdik, ammo inobatga olinmadi. To‘g‘risi, o‘sha epizodni ko‘rmadim. Raqib darvozasi oldida ko‘p vaziyat yaratdik. Uzoq gapirish va muhokama qilish mumkin. Biroq aytishim kerakki, mana shu "Navbahor" 2024 yilgi mavsumda Superliga va kubokda zafar quchishi uchun imkoniyatlari yetarli. Bugungi uchrashuv esa hali ayrim jihatlar ustida ishlashimiz kerak ekanligi haqida signal. Yigitlarga rahmat aytaman. Albatta, muxlislarda kutilmalar katta edi, biroq biz mana shu kutilmalarga mos natija qayd etmadik. Shunday bo‘lsada, "Navbahor"ga muxlislik qiling.

- Juda ham yomon o‘ynadik, deya olmayman. To‘g‘risini aytsam, ayrim epizodlarda xato qilgan bo‘lishimiz mumkin. Biroq qaytaraman, raqib bitta vaziyatdan foydalanib ketdi. Albatta, ochko yo‘qotish og‘ir. Umuman olganda, ikkinchi bo‘limda yigitlar harakat qildi. Biroq raqib himoyaga yotib oldi va ayyorlik qildi.

- Chempionlar ligasidagi markaziy himoya bilan Superligadagi himoya tubdan farq qilyapti. Bu haqda nima deya olasiz? Biz OCHLda juda tartibli himoyani ko‘rgandik.

- Birinchi navbatda golda markaziy himoyachilar xato qilgani yo‘q. Raqib standart vaziyatdan so‘ng gol urib ketdi. Futbolda ba’zan mana shunday kutilmagan ishlar bo‘lib turadi. Shunday ekan, kim maydonga tushgani, qayerda o‘ynagani bugungi uchrashuvda katta rol o‘ynamadi. Shunchaki, ayrim epizodlarda to‘p darvoza ustuniga tegdi va omad bizdan yuz o‘girdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Samvel Babayan: Raqib himoyaga yotib oldi va ayorlik qildi!