21:57 / 09.03.2024
438

Mirjalol Qosimov: "Navbahor"ning birorta futbolchisini ham jamoamda ko‘rishni istamayman

Mirjalol Qosimov: "Navbahor"ning birorta futbolchisini ham jamoamda ko‘rishni istamayman
Superliga 2-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - OKMK bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv 1:1 hisorbidagi durang bilan yakunlandi.

Birinchi bo‘lib, 10-daqiqada Toma Tabatadze hisobni ochgan bo‘lsa, 18-daqiqada Sardor Rahmonov boshi bilan aniq zarba yo‘llab, muvozatni tikladi va OKMKning bu mavsumdagi ilk goliga mualliflik qildi.

Shu tariqa, Babayan shogirdlari o‘z uyida bir ochko bilan kifoyalanadigan bo‘ldi. Bellashuvdan so‘ng olmaliqliklar ustozi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Marhamat, tanishib chiqishingiz mumkin:

- Hammani kelayotgan Ramazon oyi bilan tabriklayman. O‘yinga keladigan bo‘lsak, qiziqarli uchrashuv guvohi bo‘ldik. Har doim bu ikki jamoalar o‘rtasidagi bellashuvda jangovarlikni ko‘ramiz. Uchrashuv avvalida biroz hayajon sezildi, ammo qolgan daqiqalarda kurashlarga boy va ajoyib futbol guvohi bo‘ldik. Durang haqli natija edi, deya olaman. Albatta, "Navbahor" kuchli tarkibga ega. Bunaqa jamoaga qarshi o‘ynash oson emas. Shuningdek, raqiblarning muxlislarini ham ta’kidlab o‘tish kerak. Ular O‘zbekistonda birinchi raqamli. Bu mavsum yoshlarga e’tibor beryapmiz va asta-sekinlik bilan natija yaxshilanib boraveradi. Bugungi bahs uchun esa shogirdlarimning o‘yinidan qoniqdim.

- O‘tgan yilgi "Navbahor" bilan bu yilgisining farqi nimada?
- Men hech qachon boshqa jamoa haqida xulosalarim bilan o‘rtoqlashmayman. O‘tgan yili ham, bu yili ham oson bo‘lmadi. Ayta olishim mumkinki, yaxshi tarkib va saviyali futbolchilar yig‘ilgan.

- OKMKga bu mavsum qanday maqsad qo‘yilgan?
- Bizda maqsad doim yuqori. Sport prinsipi bu - kurashish. Shuningdek, har doim muxlislarga yoqadigan o‘yin ko‘rsatishimiz kerak.

- "Navbahor"ga mag‘lub bo‘lmaslik seriyaga aylanib boryapti? "Lochinlar" siz uchun qulay raqibmi?
- Avvalambor, nasib qilgani. Men unaqa demagan bo‘lardim. Bundan tashqari, bashoratchi emasman va har bitta o‘yinga g‘alaba uchun maydonga chiqaman.

- Imkoniyat berilganda "Navbahor"dan qaysi futbolchini OKMK safiga qo‘shib olgan bo‘lardingiz?
- Hozir hech qaysinisini. Men OKMKning hozirgi tarkibidan qoniqaman.

- "Navbahor" tarkibidagi qaysi futbolchini alohida e’tirof etgan bo‘lardingiz?
- Hamma futbolchisi yoqadi. Kimnidir alohida ajratib qo‘yish to‘g‘ri emas. Bu jamoaviy o‘yin. Agar bokschi yoki kurashchi bo‘lganida, shunday qilgan bo‘lardim.

- O‘g‘lingiz Mirjamolni boshqa jamoada ko‘rishni xohlaysizmi?
- Albatta, ko‘rishni xohlayman.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: "Navbahor"ning birorta futbolchisini ham jamoamda ko‘rishni istamayman