10:10 / 10.03.2024
126

Boks. 4 nafar hamyurtimiz litsenzion musobaqada g‘alaba qozondilar

Boks. 4 nafar hamyurtimiz litsenzion musobaqada g‘alaba qozondilar
Bokschilarimizning Italiyada o‘tayotgan jahon litsenzion musobaqasidagi muvaffaqiyatli yurishi davom etmoqda. Kechagi janglar hisobidan hamyurtlarimiz orasida birinchi bo‘lib ringga ko‘tarilgan Navbahor Hamidova (-66 kg) niderlandiyalik Luna Amaroni mag‘lubiyatga uchratib, hal qiluvchi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Ilk jangida tailandlik raqibasini ajoyib tarzda mag‘lubiyatga uchratgan Aziza Zokirova litsenzion turnirda yana bir g‘alabani qo‘lga kiritdi. -75 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan yurtdoshimiz bu gal ukrainalik Karolina Maxoni kuchli va aniq zarbalari oldida ojiz qoldirdi.

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Lazizbek Mullojonov Parij-2024 yo‘llanmasi uchun kechayotgan turnirda navbatdagi bosqichga yo‘l oldi. Hozirgina yakunlangan jangda hamyurtimiz togolik Kevin Kuadjovini tomoshabinlar qatoriga kuzatib qo‘ydi. Lazizbekning keyingi jangi Olimpiada yo‘llanmasi uchun kechadi.

Jahon chempioni Ruslan Abdullayev Italiyada o‘tayotgan litsenzion turnirda yorqin janglari bilan ko‘plab mutaxassislarning e’tiborida turibdi. -63.5 kg vazn toifasidagi bahslarni o‘z janglari bilan bezab berayotgan Abdullayev uchinchi davrada kosovolik Shpetim Bajukuni mag‘lubiyatga uchratdi. Ahamiyatlisi, ushbu hamyurtimiz ham yana bir g‘alabani qo‘lga kiritsa, Parij-2024 yo‘llanmasini naqd qiladi.

Manba: MOQ matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Boks. 4 nafar hamyurtimiz litsenzion musobaqada g‘alaba qozondilar