Maradona nikohsiz tug‘ilgan o‘g‘lini 30 yil o‘tib o‘zining farzandi deb tan oldi

Mashhur argentinalik futbolchi Diego Maradona yaqinda 30 yoshga to‘ladigan nikohsiz tug‘ilgan o‘g‘lini ommaviy ravishda o‘zining farzandi deb tan oldi. Bu haqda "Kun" xabar berdi.
Kichik Diego Maradona 1986 yilda otasi "Napoli"da to‘p surib yurgan kezlarda dunyoga kelgan. Futbol afsonasi o‘sha kezlarda o‘g‘lini tan olmagan va DNK sinovidan o‘tishdan bosh tortgan.
Maradona o‘g‘li bilan hozirda o‘zi yashaydigan Buenos-Ayres chetidagi Nordelt shaharchasida uchrashdi. Maradona o‘g‘lini bag‘riga bosib, uni yuzlaridan o‘pib, o‘g‘li 30 yil kutgan "Sen mening o‘g‘limsan"! so‘zlarini aytdi.
"Men o‘g‘lim bilan topishganidman xursandman. Men uni yaxshi ko‘raman, u mening o‘zim", deb aytdi Maradona. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing