20:13 / 10.03.2024
209

Aleksandr Xomyakov "Bunyodkor 5:1 hisobida mag‘lub etilgach nimalarni aytdi?

Aleksandr Xomyakov "Bunyodkor 5:1 hisobida mag‘lub etilgach nimalarni aytdi?
“Andijon” – “Bunyodkor” (5:1) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

- Kecha aytganimdek, biz mavsumning ochilishini orziqib kutdik. Ayniqsa, uy uchrashuvimizdagi ilk o‘yinni intizor bo‘lib kutgandik. Muxlislarimizni xursand qilishimizni niyat qilgandik. O‘z o‘rnida ishqibozlarimiz ham a’lo darajada qo‘llab-quvvatlashdi. Bunday muxlislik fonida biz o‘z darajamizdan past o‘yin ko‘rsatmasligimiz kerak edi. Shunday ekan, barchani bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. Yanada oldinga intilishni xohlayman.

- Bu tarixiy g‘alaba edi. O‘yin avvalgi statiktika edi. Bundan xabaringiz bormidi?
- Albatta (kuladi). Meni bundan xabarim bor edi. Chunki meni yonimda statiktini yetkazib turadigan matbuot kotibim bor-ku. Albatta, bunday yoqimsiz an’anaga chek qo‘yib, yirik hisobda g‘alaba qozonganimiz shubhasiz yoqimli. Ishonamanki, bundan keyin ham yana shunday g‘alabalarimiz davom etadi. Eng asosiysi, ishqibozlarimizni xursand qilish. Yigitlarga ham yaxshi o‘yin ko‘rsatishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Boshida ozgina qiyin bo‘ldi. Bir qator asabiy vaziyatlar kuzatildi. Mas’uliyatni his qilgan holda natijaga erishdik. Katta kuch bilan oldinga intilishdi. Futbolchilarimga qoyil! Standartdan gol urishga erishdik, tezkor gol ham kiritdik. Umumiy ma’noda aytganda, ko‘zlagan maqsadimizga erishdik.

- Jamoada yangi o‘yinchilar bor. Masalan, Luka Zgurskiy gol urdi. Lekin ba’zi vaziyatlarda tezligi pand berdi...
- Rubin Xebayning tezligi yuqorimidi? Luka hali yosh. Shu o‘rinda jamoamiz ham ozgina yoshardi. Aksariyat chiziqlarimizda yoshlar to‘p surishyapti. Ularda biroz tajriba yetishmayotgan bo‘lishi mumkin. Zgurskiyga to‘xtalsam, bu uning ikinchi o‘yini, o‘z uyimizdagi endi ilk uchrashuvi hisoblanadi. Bunday atmosferada balki u hali o‘ynamagandir. O‘ylaymanki, uning tezligi u qadar yomon emas. Unda asosiysi, o‘yinga intilish bor. O‘yinning har bir jarayonida ishtirok etyapti. Hujumlarda ham faol ishtirok etyapti. O‘ylaymanki, uning faoliyati yomon boshlanmadi. Jamoamizda bir qator iqtidorli yoshlar bor. Ularga yana tajriba to‘plash uchun biroz vaqt kerak. Hozirda klubga moslashish jarayoni davom etyapti. 5:1 hisobida g‘alaba qozonganimiz hali hech nimani anglatmaydi. Chunki ustimizda ko‘p ishlashimiz kerak. Muammolarimiz ham yo‘q emas. Ularni bartaraf qilish ustida ishlashda davom etamiz.

- Abduvohid G‘ulomov qanotini o‘zgartirdi. Nima uchun uning joyi o‘zgartirildi?
- Bizda qanot himoyachilari o‘rtasida ayrim muammolarimiz bor edi. Qanotlarni o‘zgartirish uchun bir qator variantlar bor edi. Masalan, Ilhom Alijonov varianti yoki Abdurahmon Komilov. Afsuski, ularni jarohatlari mavjud. Alijonov hozir tiklanish jarayonini davom ettiryapti. U asta-sekin o‘ziga kelmoqda. Ular safga qaytganidan so‘ng yanada kuchayamiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Xomyakov "Bunyodkor 5:1 hisobida mag‘lub etilgach nimalarni aytdi?