Superliganing 2-turidan o‘rin olgan "Andijon" - "Bunyodkor" (5:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Ivan Bubalo matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"1:5 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin nima ham derdim. Juda yomon o‘yin ko‘rsatdik. Agar 10 kishi bo‘lib qolmaganimizda bunchalik yomon natija bo‘lmasdi. O‘z xatomiz tufayli tezkor gol o‘tkazib yubordik, ammo keyin bizda Yovichning vaziyati bo‘ldi. Undan keyin gol ham urdik. Qizil kartochka berilgan vaziyatni ko‘ra olmadim. Chetlatishdan keyin o‘yin o‘zgarib ketdi. Bir daqiqadan keyin standart vaziyatdan gol o‘tkazib yubordik. "Qizilqum"ga yutqazganimizda men aybdor edim. Bugun esa faqat men emas, futbolchilar ham aybdor. Standart vaziyatlarda kurashmasa futbolchilar ham mag‘lubiyatni o‘ziga olishi kerak. Bugun faqat 17 yoshli Aziz To‘lqinbekov va Amir To‘raqulov xarakter ko‘rsata olishgani menga yoqdi xolos", - dedi Ivan Bubalo.
- Bugun himoyachilar juda ham qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yishdi...
- To‘g‘ri aytdingiz. Raqibning deyarli barcha zarbasi golga aylanaverdi. Bugun 1 foiz ham omadimiz kelmadi. Agar mening qo‘limdan kelganida barcha futbolchilarni almashtirardim. O‘yinni yosh bolalar bilan yutqazganim yaxshi. Chunki bugun Aziz va Amir yoshi katta futbolchilardan yaxshiroq o‘ynashdi. Agar o‘yindan oldin yutqazishimizni bilganimda yoshlar bilan o‘ynardim.
- Bugungi muxlislik haqida nima deya olasiz?
- Ajoyib muhit. "Andijon" muxlislariga rahmat aytaman. "Andijon"ni g‘alaba bilan tabriklayman.
- O‘yindan oldingi statistikadan xabaringiz bormidi? "Andijon" hech qachon "Bunyodkor"ni yuta olmagandi...
- Ha buni bilardim.
- "Bunyodkor" bu yil o‘yin tomonlama jamoa o‘rtamiyona klubga aylanib qoldi. Bu budjet bilan bog‘liqmi?
- Budjet haqida gapira olmayman. To‘g‘ri 4-5-o‘rinlarda emasdirmiz, ammo "Bunyodkor" ligada qolish uchun kurashadigan jamoa emas “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?