00:30 / 12.03.2024
697

Toshkentda tug‘ilgan himoyachi Germaniya terma jamoasidan chaqiruv oldi

Toshkentda tug‘ilgan himoyachi Germaniya terma jamoasidan chaqiruv oldi
"Shtutgart" sardori Valdemar Anton Germaniya terma jamoasidan chaqiruv oldi. Yulian Nagelsman himoyachini Fransiya va Niderlandiyaga qarshi uchrashuvlarda sinab ko‘rmoqchi, deya xabar bermoqda "Sky Sports" nashri.

"Shtutgart"ning yana 3 nafar a’zosi ham qaydnomadan joy olishi kutilmoqda. Deniz Undav, Kris Fuhrich va Maksimilian Mittelshtadt terma jamoa tarkibida birinchi marta o‘ynashadi.

Anton mazkur mavsumni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazmoqda. Futbolchi klubi tarkibida 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta golda ishtirok etdi. Shu bilan birga, top klublar e’tiboriga ham tushishga ulgurdi.

Yozda bo‘lib o‘tadigan "Yevro-2024" kubogi uchun Germaniya jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Shu sababli, ham turnirni o‘z mamlakatida qabul qiladigan nemislar Toni Krossni tarkibga qaytardi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Toshkentda tug‘ilgan himoyachi Germaniya terma jamoasidan chaqiruv oldi