21:28 / 16.03.2024
170

Aleksandr Xomyakov: "Hotirjam g‘alaba qozonishimiz kerak bo‘lgan o‘yinni asabiy tarzda tugatdik"

Aleksandr Xomyakov: "Hotirjam g‘alaba qozonishimiz kerak bo‘lgan o‘yinni asabiy tarzda tugatdik"
Superliga 3-turidan o‘rin olgan "Surxon" - "Andijon" (2:3) uchrashuvidan so‘ng "Andijon" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O‘yin haqida

- Muxlislarimizni tabriklayman. G‘alaba qozonganimizdan xursandmiz, ammo O‘yin so‘ngida o‘tkazib yuborilgan ikki gol meni ranjitdi. Xotirjam g‘alaba qozonishimiz kerak bo‘lgan o‘yinni asabiy tarzda tugatdik. O‘yinni tashlab yubordik. Bugungi uchrashuv bizga dars bo‘ladi degan umiddaman.

- Bektemir Abdumannopov "Andijon"ning eng katta transferlaridan biri bo‘ldi. Abdumannonov hujumchi lekin u hozir ko‘proq jamoadoshlariga pas berish bilan shug‘ullanmoqda. Siz Abdumannopovni qaysi pozitsiyada ko‘rmoqdasiz?

- Abdumannopov hujumkor qanot yarim himoyachisi sifatida o‘ynamoqda. Bizning jamoa barcha futbolchilar himoyaga qaytishadi. Bektemir himoyada o‘ynashni ham o‘rganmoqda. U katta potensialga ega, ammo hali ko‘p narsani o‘rganishi kerak. Butun jamoa mehnat qilmoqda va har bir uchrashuv biz uchun so‘ngi o‘yindek. Aynan qaysidir futbolchini ta’kidlab o‘tmayman, hamma birdek ishlamoqda.

- Jamoangiz so‘ngi ikkita o‘yinda 8ta gol urdi va 6 ochkoni qo‘lga kiritdi. Ko‘pgina jamoalarda g‘alabali seriyalardan so‘ng xotirjamlikka berilish seziladi va bu natijaga ta’sir qiladi. Bunday holat "Andijon" bilan takrorlanishi mumkinmi?

- Bu futbol. "Bunyodkor"ga qarshi uchrashuv omadli bo‘ldi va ko‘p gol urdik. To‘g‘ri, g‘alaba qozonayotgan bo‘lishimiz mumkin, ammo O‘yin sifatidan ko‘nglim to‘lmayapti. Biz o‘sishda davom etishimiz kerak. Hozirgi holatimizda hujumdagi o‘yinimizni yaxshilashimiz kerak. Ko‘p gol urayotganimizga qaramay hujumdagi o‘yinimiz yaxshi emas.

- Rubiy Xebay jamoani tark etdi va uning o‘rniga rossiyalik yosh futbolchini sotib oldingizlar. Dastlabki uch turdan keyin Lukaning o‘yinidan qanchalik qonikdingiz. Zgurskiy Xebayning o‘rnini bosa oladimi?

- Xebay mustaqil hujumchi. U o‘zi uchun o‘zi bemalol vaziyat yarata oladi. Ammo Xebay ikkinchi davrada kamroq gol urgandi. Hujumchilar bugun gol ursa, ertaga urmaydi. Ikkinchi davrada jamoaviy O‘yin sababli ko‘proq gol va ko‘proq ochko yig‘a olgandik. Zgurskiyga keladigan bo‘lsak, u hali yosh futbolchi. Biz unga imkoniyat bermoqdamiz va u imkoniyatdan foydalanishga harakat qilmoqda. "Bunyodkor"ga qarshi o‘yinda gol urishga ham erishdi. Bizda nafaqat Xebay, balki uning o‘rniga boshqa hujumchilar ham bor. Bizda hozir uchta hujumchi bor: Zgurskiy, Turdimurodov va Samiyev. Barcha hujumchilarimizga imkoniyat beramiz. Biz Xebayning o‘rnini son bilan yopamiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Xomyakov: "Hotirjam g‘alaba qozonishimiz kerak bo‘lgan o‘yinni asabiy tarzda tugatdik"