23:20 / 16.03.2024
142

Ro‘ziqul Berdiyev: "Futbolda 2:0 juda xavfli hisob"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Futbolda 2:0 juda xavfli hisob"
Superliganing 3-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Qizilqum" (2:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida
- Uchrashuvning shunaqa og‘ir o‘tishiga o‘zimiz sababchimiz. Birinchi bo‘limdagi xotirjamlik va ishonch ikkinchi bo‘limda susayib qoldi. "Qizilqum" jamoasi bizga juda yaxshi qarshilik ko‘rsatdi, gol kirita oldi. Shunday bo‘lsa ham yigitlarga raxmat aytaman, ular maydonda oxirigacha kurashishdi. Vaziyatlarimizdan to‘g‘ri foydalana olganimizda hisob bundan ham yaxshiroq tus olishi mumkin edi.

- Da Silvani almashtirilishi nima bilan bog‘liq?
- Biz yangi futbolchilarni maydonga tashlab o‘yinni kuchaytirmoqchi edik. Imkoniyatlarimizdan to‘liq foydalana olmadik.

- Bobir Abdixoliqov Belarus va Qozog‘iston chempionatlarida yaxshi o‘yin ko‘rsatgandi. "Nasaf"da esa yo‘qolib qolayotgandek...
- Bobir Abdixoliqovda ruhiyat bilan bog‘liq muammo bor. Bundan chiqib ketishi uchun birinchi golini urib olishi kerak. Biz unga bu borada yordam beramiz. Abdixoliqov bunday vaziyatlardan chiqib keta oladigan iqtidorga ega.

- "Qizilqum"ning ikkinchi bo‘limda o‘yinni kuchaytirib yubora olganiga sabab nima deb hisoblaysiz?
- Birinchidan biz o‘z imkoniyatlarimizdan to‘liq foydalana olmadik. O‘tgan mavsumda jamoalar bizga qarshi chuqur himoya bilan chiqishardi. Biz mana shunday ehtimolni hisobga olgan holda raqibga ham imkoniyat berayapmiz. Tezkor futbolchilarimiz bor, o‘yinning borishiga qarab qarshi hujum uslubiga ham o‘tayapmiz.

Ikkinchidan, 2:0 juda xavfli hisob. Gol o‘tkazib yuborsangiz, ruhiy ustunlik raqib tomoniga o‘tib ketadi. Shu kabi faktorlar ikkinchi bo‘limdagi o‘yinimizga ta’sir ko‘rsatdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: "Futbolda 2:0 juda xavfli hisob"