08:00 / 17.03.2024
73

UZCARD O‘FA va PFL rasmiy hamkoriga aylandi

UZCARD O‘FA va PFL rasmiy hamkoriga aylandi
Foto: PFL
UZCARD bir vaqtning o‘zida ham O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, ham O‘zbekiston Professional futbol ligasining rasmiy hamkoriga aylandi.

12 mart kuni tomonlar o‘rtasida shartnoma imzolandi. OAV vakillari ishtirok etgan marosimda UZCARD bosh direktori Olim Zakirov, UZCARD kuzatuv kengashi a’zolari Aziz Yusupov hamda Kamron Akbarov, shuningdek, O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, tashkilot bosh kotibi Avaz Maksumov hamda O‘zPFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev ishtirok etdilar.

«UZCARD 2023 yil davomida Toshkentning «Paxtakor» klubi bilan samarali hamkorlik olib bordi va 2024 yilga kelib mamlakat futboli rivoji yo‘lida hamkorlik qamrovini kengaytirishga qaror qildi. Endilikda UZCARD nafaqat milliy chempionat uchrashuvlari, balki milliy jamoalar tasnifida ham namoyon bo‘ladi.

Shartnoma imzolash marosimida yil yakuniga qadar bo‘lgan aniq dastur va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi. Ishonamizki, UZCARD bilan mamlakat futboli yana bir qadam oldinga tashlaydi. Jahon chempionati saralash uchrashuvlari oldidan amalga oshgan mazkur kelishuv biz uchun o‘ziga xos ramziy ahamiyat kasb etadi», deyiladi PFL matbuot xizmati xabarida.



arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » UZCARD O‘FA va PFL rasmiy hamkoriga aylandi