06:30 / 18.03.2024
203

“Old Trafford”da drama! “Manchester Yunayted” 7 ta gol urilgan o‘yinda “Liverpul”ni mag‘lub etdi

“Old Trafford”da drama! “Manchester Yunayted” 7 ta gol urilgan o‘yinda “Liverpul”ni mag‘lub etdi
Futbol bo‘yicha Angliya Kubogi chorak finalidan o‘rin olgan o‘yinlar 17 mart, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

1/4 finalda “Manchester Yunayted” “Liverpul”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 10-daqiqasidayoq mankunianliklar futbolchisi Skot Maktiminey hisobni ochdi. Bo‘lim oxirida esa mersisaydliklar ikkita gol bilan javob qaytardi. Dastlab, 44-daqiqada Mak Allister ajoyib zarba bilan hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, hakam qo‘shib bergan daqiqalarda Muhammad Saloh darvozani ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘limda “qizillar” nisbatan ustunlik qilgan bo‘lsa-da, 87-daqiqaga kelib, Antoni muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa jamoalar qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat qilishiga to‘g‘ri keldi.

105-daqiqada Elliot uzoqdan kuchli zarba berib, hisobni 3:2 ko‘nishiga olib keldi. 112-daqiqada esa Reshford hisobni tenglashtirdi. 120-daqiqada esa “Manchester Yunayted”ning yosh futbolchisi Diallo darvozani ishg‘ol qilib, jamoasiga g‘alaba olib keldi.

Shu tariqa Angliya Kubogining yarim final ishtirokchilari aniqlandi. “Manchester Siti” 1/2 finalda “Chelsi”ga qarshi bahs olib borsa, “Manchester Yunayted” “Koventri” bilan final yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.

Uchrashuvlar 20 va 21 aprel kunlari “Uembli”da bo‘lib o‘tadi.

Angliya Kubogi
1/4 final


“Manchester Yunayted” – “Liverpul” 4:3
Gollar
: 1:0 – 10 Maktominey, 1:1 – 44 Mak Allister, 1:2 – 45 Saloh, 2:2 – 87 Antoni, 2:3 – 105 Elliott, 3:3 – 112 Reshford, 4:3 – 120 Diallo.

“Manchester Yunayted”: Onana, Diogu Dalot, Varan (Diallo, 85), Lindelef (Maunt, 105), Uan-Bissaka (Maguayr, 71), Brunu Fernandesh, Maktominey, Maynu (Eriksen, 80), Garnacho, Reshford, Heylund (Antoni, 71).

“Liverpul”: Kelleher, Gomes (Simikas, 101), van Deyk, Kuansa, Robertson (Bredli, 76), Endo, Soboslai (Elliott, 72), Mak Allister, Saloh (Gakpo, 77), Dias (Klark, 114), Nunes.

Ogohlantirishlar: Mak Allister (31), Brunu Fernandesh (45), Gomes (60), Kelleher (109), Diallo (116).
Chetlatish: Diallo (120).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Old Trafford”da drama! “Manchester Yunayted” 7 ta gol urilgan o‘yinda “Liverpul”ni mag‘lub etdi