
Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 29-turida “Barselona” 17 mart, yakshanba kuni “Atletiko”ga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvning 38-daqiqasida Joau Feliks sobiq jamoasi darvozasini ishg‘ol qildi. Birinchi bo‘lim kichik hisobda yakunlandi. Qayd etib o‘tish joiz, “ko‘k-anorranglilar” futbolchisi Xavi hakam tomonidan maydondan chetlatildi.
Ikkinchi bo‘limni ham kataloniyaliklar gol bilan boshladi. 47-daqiqada Robert Levandovski darvozani ishg‘ol qildi. 65-daqiqada esa Fermin Lopes hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va “Barselona” yirik g‘alabaga erishdi.
Xavi jamoasi ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 64 taga yetkazdi va birinchi o‘rindagi “Real”ni (72 ochko) quvishda davom etmoqda. Diyego Simeone shogirdlari esa 55 ochko bilan 5-pog‘onada bormoqda.
“Atletiko” – “Barselona” 0:3
Gollar: 0:1 – 38 Joau Feliks, 0:2 – 47 Levandovski, 0:3 – 65 Lopes.
“Atletiko”: Oblak, Molina, Savich, Reynildu, Vitsel, De Pol (Saul, 66), Barrios, Lorente (Koke, 58), Rikelme (Korrea, 58), Morata (Depay, 46), Lino (Grizmann, 46).
“Barselona”: ter Stegen, Kunde, Arauxo, Kubarsi, Fort, Serji Roberto (Romeu, 77), Gundo‘g‘an, Lopes, Rafinya (Yamal, 61), Joau Feliks (Roke, 77), Levandovski.
Ogohlantirishlar: Kunde (33), Xavi (41), De Pol (46), Savich (61).
Chetlatishlar: Xavi (42), Molina (90+1). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar