10:50 / 18.03.2024
200

Darvozabon Lunin Anchelottiga murojaat qildi

Darvozabon Lunin Anchelottiga murojaat qildi
Foto: Reamadrid Exclusivo
Madridning “Real” klubi darvozaboni Andrey Lunin “Osasuna” bilan g‘alabali o‘yindan (4:2) so‘ng “qaymoqranglilar” bosh murabbiyi Karlo Anchelottiga murojaat qildi.

Janob, ishonchingizni oqlayman”, — deya o‘yindan keyin so‘zlarini keltiradi Realmadridexclusivo.

Manbaga ko‘ra, Lunin italiyalik ustozi va uning murabbiylar shtabiga o‘zining ajoyib formada ekanligi va jarohat olgan belgiyalik Tibo Kurtua qaytganidan keyin ham joriy mavsumda birinchi darvozabon maqomini saqlab qolishga harakat qilishini aytib o‘tgan.

25 yoshli Lunin 2018 yilda “Zarya”dan “Real”ga 8,5 million yevro evaziga o‘tgan edi. Joriy mavsumda darvozabon “qirollik” klubida safida barcha turnirlarda 22 ta o‘yin o‘tkazib, 17 ta gol o‘tkazib yuborgan. Futbolchining Madrid klubi bilan shartnomasi 2025 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Transfermarkt internet portaliga ko‘ra futbolchining taxminiy narxi 8 million yevroni tashkil qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Darvozabon Lunin Anchelottiga murojaat qildi