18:21 / 18.03.2024
347

O‘zbekiston terma jamoasining bugungi mashg‘ulotlarida kimlar qatnashdi?

O‘zbekiston terma jamoasining bugungi mashg‘ulotlarida kimlar qatnashdi?
Srechko Katanes boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi Gonkongga qarshi o‘yinlarga tayyorgarlikni boshladi.

Bugun, 18 mart kuni kuning birinchi yarmida "Jar" stadionida o‘tgan mashg‘ulotda jami 15 nafar futbolchi ishtirok etdi. 3 nafar legioner Rustam Ashurmatov, Husniddin Aliqulov va Otabek Shukurov bugun Toshkentga yetib kelishdi va terma jamoa bilan birga Pekin orqali Gonkongga uchib ketishadi. Qolgan 5 legioner esa to‘g‘ri Gonkongga yetib boradi.

Bugungi mashg‘ulotda ishtirok etgan futbolchilar:

Darvozabonlar: O‘tkir Yusupov ("Navbahor"), Botirali Ergashev ("Neftchi"), Abduvohid Ne’matov ("Nasaf").
Himoyachilar: Abdulla Abdullayev ("Xorfakkan", BAA), Farruh Sayfiyev ("Navbahor"), Akram Komilov (OKMK), Zafarmurod Abdirahmatov ("Nasaf").
Yarim himoyachilar: Aziz Turg‘unboyev ("Sivasspor", Turkiya), Odiljon Hamrobekov ("Navbahor"), Diyor Xolmatov ("Paxtakor"), Abbosbek Fayzullayev (SSKA, Rossiya), Jamshid Iskanderov ("Navbahor"), Hojimat Erkinov ("Al Vahda", BAA).
Hujumchilar: Bobir Abdixoliqov ("Nasaf"), Azizbek Amonov ("Xorfakkan", BAA).

Yig‘inga chaqirilgan qolgan futbolchilar: Umar Eshmurodov ("Selangor", Malayziya), Husniddin Aliqulov ("Rizespor", Turkiya), Jaloliddin Masharipov ("Istiqlol", Eron), Oston O‘runov ("Persepolis", Eron), Otabek Shukurov ("Qayserispor", Turkiya), Abduqodir Husanov ("Lans", Fransiya), Rustam Ashurmatov ("Rubin", Rossiya), Eldor Shomurodov ("Kalyari", Italiya).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston terma jamoasining bugungi mashg‘ulotlarida kimlar qatnashdi?