Bugun O‘zbekiston Kubogi guruh bahslariga qur’a tashlandi. Barchaning e’tibor “N” guruhiga qaratilyapti. Chunki u yerda “Andijon”, “Dinamo”, “Nasaf” va “Navbahor” klublari joy oldi. Bu esa deyarli bir ovozdan “o‘lim guruhi” degan jumla ishlatilishiga qo‘l kelmoqda. Qur’a tashlangach, “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev fikrlarini bildirdi.
- Ro‘ziqul Sa’dullayevich, 2024 yilgi O‘zbekiston Kubogi guruh bahslariga qur’a tashlandi. Deyarli barcha “Andijon”, “Dinamo”, “Nasaf” va “Navbahor” joy olgan “N” guruhini “o‘lim guruhi” deb hisoblashmoqda. Bunga qanchalik qo‘shilasiz?
- Albatta, jiddiy raqiblar tushdi. “O‘lim guruhi” demagan bo‘lardim. Har bir turnirda oldimizga qo‘ygan maqsadimiz bor. Shuning uchun guruhdan chiqishga va Kubok uchun kurashishga bel bog‘laganmiz. Raqiblar qanchalik jiddiy bo‘lmasin, agar oldingizga oliy maqsad qo‘ysangiz barchasi bilan o‘ynashingiz kerak. Biz bunga har taraflama tayyormiz. Shu bois birinchi vazifamiz guruhdan chiqish. Yana bir fikrni aytmoqchimanki, bu narsa ikkinchi yil takrorlanyapti.
Superliga klublari alohida guruhga, pro liga va birinchi liga jamoalari esa boshqa guruhga bo‘linib qolyapti. Ba’zi musobaqalarda jamoalar savatchalarga bo‘linardilar. Kuchli va kuchsiz klublar sifatida ajratilardi. To‘g‘ri, bu qur’a. Ammo yuqoridagi fikrni o‘ylab ko‘rish kerak. O‘tgan yili ham shu narsalar takrorlanib, Superliga va quyi liga jamoalari alohida guruhlarda bo‘lib qolishgan. Hozir ham to‘rtta Superliga jamoasi bir guruhda, pro liga va birinchi liga klublari bir guruhda bo‘lib qoldi.
- Qur’adan oldin “N” guruhidan o‘rin olgan qaysidir raqibni taxmin qilganmidingiz?
- Bitta Superliga jamoasi bilan o‘ynashimizni kutgandim. Lekin bunday bo‘lmadi. Bu qur’a va buni qabul qilishimiz kerak.
- 30 mart kuni jamoangiz safarda “Andijon” bilan o‘ynaydi. Kubokda ham yana Andijonga safar qilasizlar. Bu “Nasaf”ga qo‘shimcha qiyinchilik tug‘dirmaydimi?
- “Andijon” jamoasining hozirgi natijalari hammani o‘ziga jalb qilib turibdi. Asosiysi, bilasizmi, biz ikkita ajoyib muhitda futbol o‘ynaymiz, chempionatda ham, Kubokda ham. Biz uchun bunday ajoyib muhitda futbol o‘ynash jamoamga ham, o‘zimga ham yoqadi. “Andijon”ning “Bunyodkor”ga qarshi o‘yinidagi muhitni ko‘rib bundan juda quvondik.
- Superligamizdagi kichik tanaffus chog‘ida “Nasaf”ning tayyorgarligi qanday davom etyapti? O‘rtoqlik o‘yini rejalashtirilganmi?
- Kecha mashg‘ulotlarni boshladik. 30 martga qadar bitta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazamiz. 29 mart sanasida Xudo xohlasa Andijonda bo‘lamiz.
Shuhratbek Jo‘rayev.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”