
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike yana tvitch orqali jonli efir amalga oshirdi va uni bir vaqtning o‘zida 25 mingga yaqin odam kuzatib bordi. Ispaniyalik mutaxassis esa obunachilarining savollariga ham javob berdi.
Bir obunachi undan "Kilian Mbappeni "Barselona"ga qarshi bahsda markaziy himoyada o‘ynata olasanmi?", - deb so‘radi. Enrike esa bunga hazil tariqasida shunday javob berdi: "Agar menga 4 yoki 5 million yevro donat qilsangiz, uni zaxirada qoldiraman (kuladi)".
Xabaringiz bor, "Barselona" va PSJ Chempionlar ligasi chorak finalida to‘qnash kelgan. Dastlabki bahs 11 aprelda, javob uchrashuvi esa 17 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar