22:20 / 24.03.2024
228

Baxtiyor Ashurmatov: Eldor Shomurodov, Rustam Ashurmatov va Gonkong bilan o‘yin haqida

Baxtiyor Ashurmatov: Eldor Shomurodov, Rustam Ashurmatov va Gonkong bilan o‘yin haqida
Dastlabki o‘yinda mehmonda g‘alabaga erishgan vakillarimiz keyingi bosqichga chiqish uchun yaxshi imkoniyat hosil qildi. Ilk o‘yinda Eldor Shomurodov va Rustam Ashurmatovning gollari O‘zbekistonga g‘alaba keltirgan edi. Bo‘lajak o‘yinda ham terma jamoamizdan ishonchli g‘alabani kutamiz. Mazkur o‘yin oldidan O‘zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Baxtiyor Ashurmatov fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Osiyo Kubogida terma jamoamiz o‘z saviyasidan pastroq darajada o‘yin ko‘rsatdi deb o‘ylayman. To‘g‘ri, tarkibimizda Yo‘qotishlar bor edi. Lekin O‘zbekiston ko‘rsatgan natijasidan yaxshiroq natijaga erishishga qodir edi. Gonkong bilan o‘yinni esa futbolchilarimiz yaxshi saviyada o‘tkazdi. Aytish kerakki, Gonkong Osiyo Kubogidagi raqiblarimizdan pastroq darajadagi jamoa hisoblanardi. Bunday raqiblarga qarshi ruhan tayyorlanish oson emas. Terma jamoamiz bu o‘yinni ishonchli o‘tkazdi, deya olaman. Gonkongga hech qanday imkoniyat qoldirgani yo‘q. To‘p nazorati, vaziyatlar yaratishda juda ishonchli to‘p harakat qilishdi. Bu bilan keyingi bosqichga qiyinchiliksiz chiqishimizni ko‘rsatib berdi.

- Eldor Shomurodovni bemalol terma jamoamizning almashtirib bo‘lmas o‘yinchisi deb aytishimiz mumkin. U ko‘p qirrali hujumchi. Eldor bilan terma jamoamiz albatta kuchliroq ko‘rinadi. Hujumchi vaziyatlar yaratishda, raqib himoyachilariga bosim uyushtirishda, tezlikda raqib himoyachilaridan qochib ketishda kuchli. Qisqa qilib aytganda terma jamoamizning haqiqiy yetakchisi.

- Gonkongga qarshi bahsda xursand qilgani Rustamjonning O‘zbekiston terma jamoasida urgan debyut goli bo‘ldi. Bu gol chiroyli amalga oshirildi. Masharipovning ajoyib uzatmasi va Rustamjonning ochiq pozitsiyaga ochilishi yakunda golga olib keldi. Uning asosiy tarkibdagi o‘yinlari davomiy bo‘lsin. Oxirgi paytlarda "Rubin" va O‘zbekiston terma jamoasidagi ishonchli o‘yinlari orqali bu golga munosib edi. Ko‘z tegmasin oxirgi paytda futbolchi sifatida katta o‘sishga erishdi. Lekin uning salohiyati juda yuqori. "Rubin"da kam o‘yin amaliyoti berilayotgani o‘sishiga to‘sqinlik qilayotgandi. Umid qilamanki, Rustamjon klubida ham yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘ladi.

- Javob o‘yinida yanada ishonchli tarzda to‘p tepamiz va yirik hisobdagi g‘alabaga erishamiz. Xudo xohlasa oxirida ham suyuntirishsin. O‘zbekistonlik muxlislarning azaliy orzusi O‘zbekistonning Jahon chempionatiga chiqishini ko‘rish. Bu murakkab yo‘lda vakillarimizga omad va sog‘lik tilayman.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi 26 mart kuni JCH-2026 saralashi doirasida Gonkongga qarshi maydonga chiqadi.

Muallif: Iskandarov Abdulaziz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Baxtiyor Ashurmatov: Eldor Shomurodov, Rustam Ashurmatov va Gonkong bilan o‘yin haqida