
23-24 mart kunlari Germaniyada dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasida an’anaviy "Bremen Masters" turniri bo‘lib o‘tdi.
Bu yilgi musobaqada Iskandar Rasulov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining 8 nafar dzyudochisi ikki kun davomidagi murosasiz bellashuvlarda yurtimiz sharafini himoya qildi. Yakunda ularning uch nafari shohsupaga ko‘tarildi.
-81 kg vaznda kurashgan Mardon Ravshanov barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, musobaqa oltin medalini qo‘lga kiritdi. Ravshanov 1/2 finalda yaponiyalik Suzukidan, finalda esa braziliyalik Luan Almeydadan ustun keldi. Hamyurtimiz saralash bahslarida Braziliya, Finlyandiya va ikki germaniyalik raqiblarini mag‘lubiyatga uchrata oldi.
-90 kg vazn toifasi finalida tatamiga chiqqan Alisher Samanov esa ozarbayjonlik Aslan Kotsoyevga imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan taqdirlandi.
-73 kg vazndagi dzyudochimiz Hojiakbar Toshev esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida kuchli uchlikdan joy oldi. Katta tarkib bilan ishtirok etgan Ozarbayjon terma jamoasi 4 ta oltin, 3 ta bronza medali bilan birinchi o‘rinni egalladi. Dzyudo vatani vakillari - yaponiyaliklar 2 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan ikkinchi o‘rindan joy olishdi.
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Dzyudo MusobaqasiBremen MastersYoshlar Terma JamoasiO‘zbekiston DzyudoMardon RavshanovAlisher Samanov O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing