21:31 / 26.03.2024
341

JCH-2026 saralashi. O‘zbekiston Gonkongni yirik hisobda taslim qildi

JCH-2026 saralashi. O‘zbekiston Gonkongni yirik hisobda taslim qildi
Jahon chempionati saralashining 4-turida O‘zbekiston Gonkongni o‘z maydonida qabul qilib, yirik 3:0 hisobida zafar quchdi.

Dastlab, Shomurodov hisobni ochgan bo‘lsa, Erkinov zaxiradan o‘yinga qo‘shilib, farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. 70-daqiqada esa O‘runov bahsga nuqtani qo‘ydi.

Shu tariqa, Katanes shogirdlari ochkolari sonini 10 taga yetkazib olib, deyarli Jahon chempionatining keyingi bosqichiga yo‘l oldi. Shuningdek, Osiyo kubogi masalasi ham hal bo‘ldi.

JCH-2026 saralashi, 4-tur
O‘zbekiston - Gonkong 3:0
Gollar
: Eldor Shomurodov 20, - 1:0 (Abbosbek Fayzullayev). Hojimat Erkinov 63, - 2:0 (Jaloliddin Masharipov). Oston O‘runov 70, - 3:0 (Odiljon Hamrobekov).

O‘zbekiston: 1.O‘tkir Yusupov, 2. Abduqodir Husanov, 4.Farruh Sayfiyev, 7.Otabek Shukurov (8.Jamshid Iskanderov, 81), 9.Odiljon Hamrobekov (6.Diyor Xolmatov, 90+1), 10. Jaloliddin Masharipov (17.Bobir Abdixoliqov, 90+1), 14.Eldor Shomurodov (11.Oston O‘runov, 46), 15.Umar Eshmurodov, 19.Azizbek Turg‘unboyev, 22. Abbosbek Fayzullayev (20.Xojimat Erkinov, 57), 23.Husniddin Aliqulov.
Zaxira: 12.Abduvohid Ne’matov, 16.Botirali Ergashev, 3.Akrom Komilov, 18.Abdulla Abdullayev, 21.Azizbek Amonov.

Gonkong: 1.Yapp Xung Fai, 2.Oliver Benjamin Gerbig, 6.Vu Chung Ming, 8.Tan Chun Lok, 13.Li Ngai Hoi, 14.Pun Pui Hin, 16.Chan Siu Kvan Filip (9.Matt Orr, 62), 20.Maykl Udebuluzor (12. Lam Hin Ting, 78), 21.Yu Tze Nam (3.Tsui Vang Kit, 78), 22.Soaresh Junior Valter (11.Lam Jordan Lok Kan, 78), 23.Sun Ming Him.
Zaxira: 18.Pong Cheuk Hei, 19.Tse Ka Ving, 4.Yu Vai Lim, 7.Yu Jesse Joy Yin, 10.Pereyra Stefan, 15.Chang Hei Yin, 17.Vong Tsz Ho.

Ogohlantirishlar: Farruh Sayfiyev 68, Tsui Vang Kit 90+3.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCH-2026 saralashi. O‘zbekiston Gonkongni yirik hisobda taslim qildi