Jahon chempionati saralashining 4-turida O‘zbekiston Gonkongni o‘z maydonida qabul qilib, yirik 3:0 hisobida zafar quchdi. Bellashuvdan so‘ng Gonkong terma jamoasi bosh murabbiyi Yorn Andersen matbuot anjumanida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bugun o‘yindagi umumiy xulosa aniq bo‘ldi. 90 daqiqa o‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qildik. Dastlabki 15 daqiqada juda zo‘r harakat qildik. Ammo keyin O‘zbekiston bosimni kuchaytirdi va ko‘plab vaziyatlarni yuzaga keltirdi. Ular baribir yuqori saviyada ekanini isbotladi.
3:0 hisobida yengilgan bo‘lsakda, buni yomon natija demagan bo‘lardim. Raqibimiz safida bir qancha kuchli futbolchilar uchrashuvning darajasini hal bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
Bizda yo‘qotishlar borligi oldindan ma’lum edi. To‘liq tarkibimizni yig‘ish muammo bo‘lmoqda. Umid qilamanki, kelgusida barcha futbolchilarimiz butunlay safga qaytib, ijobiy natijalar qayd etishimizda yordam beradi.
Gonkong kabi mamlakat futboli uchun yuqori darajadagi futbolchilar kerak. Ayniqsa, O‘zbekiston, Eron kabi top jamoalarga qarshi kurash taklif etish uchun bu narsa juda muhim.
To‘g‘ri, natijadan to‘laqonli tarzda qoniqmadim. Juda oddiy gollarni qabul qilib oldik. Ammo shuni aytishim mumkinki, yigitlar bor kuchi bilan harakat qilishdi. Ularga bu uchun minnatdorchilik bildiraman!
Sentyabr, oktyabr va noyabr oylari uchun alohida rejalar ishlab chiqamiz. Mundial yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldik va saralash doirasida rasmiy o‘yinlar o‘tkazmaymiz. Ammo barcha bizning bosqichma-bosqich o‘sib borayotganimizni ko‘rib turibdi.
Do‘stim Srechko Katanes bugun uchrashuvda ishtirok eta olmadi. Uning sog‘lig‘ida muammolar borligini aytishdi. Uning tezroq sog‘ayib, o‘z ishiga qaytishiga tilakdoshman. O‘zbekistonni bugungi ajoyib g‘alaba bilan tabriklayman!", - dedi mutaxassis. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”